https://oz.sputniknews.uz/20221030/seuldagi-tiqilinchda-bir-nafar-ozbekiston-fuqarosi-vafot-etgan---elchixona-29577790.html
Seuldagi tiqilinchda bir nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan - elchixona
Seuldagi tiqilinchda bir nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan - elchixona
Sputnik O‘zbekiston
Seul shahri markazida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinch sabab Eron, Norvegiya, O‘zbekiston va Xitoy fuqarolari vafot etgan. 30.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-30T10:19+0500
2022-10-30T10:19+0500
2022-10-30T10:36+0500
dunyoda
seul
janubiy koreya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1e/29578241_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_f60bd88d8a4fd7278b0094adbf8491b9.jpg
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Seuldagi tiqilinchda bir nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan. Bu haqida O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi ma’lum qildi.Qayd etilishicha, 29-oktabr kuni Seul shahrining Itxevon tumanidagi ko‘chada sodir bo‘lgan mudhish voqeada bir nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan.Elchixona halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.Seuldagi voqea oqibatida jabrlanganlar bo‘lsa va ularga yordam kerak bo‘lsa, ular mamlakat elchixonasi konsullik bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin: Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya poytaxti Seul shahri markazida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinch sabab halok bo‘lganlar soni 151 kishiga yetdi. Ma’lum qilinishicha, 19 nafar xorijlik ham halok bo‘lgan. Ular orasida Eron, Norvegiya, O‘zbekiston va Xitoy fuqarolari bor.O‘z navbatida RIA Novostining Rossiyaning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, bu fojiada uch nafar Rossiya fuqarosi ham halok bo‘lgan.
seul
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1e/29578241_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_d01045028e246c2af5af1afe3c386d53.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, seul, janubiy koreya
dunyoda, seul, janubiy koreya
Seuldagi tiqilinchda bir nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan - elchixona
10:19 30.10.2022 (yangilandi: 10:36 30.10.2022) Seul shahri markazida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinch sabab Eron, Norvegiya, O‘zbekiston va Xitoy fuqarolari vafot etgan.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Seuldagi tiqilinchda bir nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan. Bu haqida O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi
ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 29-oktabr kuni Seul shahrining Itxevon tumanidagi ko‘chada sodir bo‘lgan mudhish voqeada bir nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan.
Elchixona halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Seuldagi voqea oqibatida jabrlanganlar bo‘lsa va ularga yordam kerak bo‘lsa, ular mamlakat elchixonasi konsullik bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin:
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya poytaxti Seul shahri markazida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinch sabab halok bo‘lganlar soni 151 kishiga yetdi. Ma’lum qilinishicha, 19 nafar xorijlik ham halok bo‘lgan. Ular orasida Eron, Norvegiya, O‘zbekiston va Xitoy fuqarolari bor.
O‘z navbatida RIA Novostining Rossiyaning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, bu fojiada uch nafar Rossiya fuqarosi ham halok
bo‘lgan.