https://oz.sputniknews.uz/20221030/qaysi-soha-vakillari-eng-kop-maosh-olmoqda-29579713.html
Qaysi soha vakillari eng ko‘p maosh olmoqda
Qaysi soha vakillari eng ko‘p maosh olmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Yanvar - sentabr oylarida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi 3,72 mln so‘mni tashkil etdi. 30.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-30T14:19+0500
2022-10-30T14:19+0500
2022-10-30T14:19+0500
iqtisod
maosh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363542_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_c746da8f757d8bf6ffb24677ef746a09.jpg
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 24,9 foizga o‘sdi. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.Shu yil yanvar - sentabr oylarida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi 3,72 mln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 2,97 mln so‘m bo‘lgan edi.Eng yuqori maosh olayotgan soha vakillari:Eng kam daromad sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (2,51 mln so‘m) va ta’lim (2,59 mln so‘m) sohalarida qayd etilgan.Ma’lumot uchun, O‘zbekiston mehnat bozorida ish beruvchilar bo‘lg‘usi xodimdan bir vaqtning o‘zida 4 yoki 5 ta ko‘nikmaga ega bo‘lishni talab qilmoqda. Unga ko‘ra, ish beruvchilar bo‘lg‘usi xodimlardan bir yillik ish staji, oliy ma’lumot, jamoada ishlash, muzokaralar olib borish, malakali nutq, muloqot, omma oldida taqdimot qilish qobiliyatlari, chet tillarini bilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini so‘ramoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363542_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_66f1f91ff4457899837772675cf7ed9f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, maosh
Qaysi soha vakillari eng ko‘p maosh olmoqda
Yanvar - sentabr oylarida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi 3,72 mln so‘mni tashkil etdi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 24,9 foizga o‘sdi. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi
xabar berdi. Shu yil yanvar - sentabr oylarida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi 3,72 mln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 2,97 mln so‘m bo‘lgan edi.
Eng yuqori maosh olayotgan soha vakillari:
Dasturlash sohasidagilar – 10,4 mln so‘m.
Bank, moliya va sug‘urta sohalarida faoliyat olib borayotganlar — 9,73 mln so‘m.
Axborot va aloqa sohasida ishlayotganlar – 6,97 mln so‘m.
Tashish va saqlash sohasidagi xodimlar – 4,85 mln so‘m.
Eng kam daromad sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (2,51 mln so‘m) va ta’lim (2,59 mln so‘m) sohalarida qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston mehnat bozorida ish beruvchilar bo‘lg‘usi xodimdan bir vaqtning o‘zida 4 yoki 5 ta ko‘nikmaga ega bo‘lishni talab qilmoqda. Unga ko‘ra, ish beruvchilar bo‘lg‘usi xodimlardan bir yillik ish staji, oliy ma’lumot, jamoada ishlash, muzokaralar olib borish, malakali nutq, muloqot, omma oldida taqdimot qilish qobiliyatlari, chet tillarini bilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini
so‘ramoqda.