https://oz.sputniknews.uz/20221030/ozbekistonda-kardiojarrohlik-muolajalari-soni-oshdi-29578679.html
O‘zbekistonda kardiojarrohlik muolajalari soni oshdi
O‘zbekistonda kardiojarrohlik muolajalari soni oshdi
Sputnik O‘zbekiston
Amalga oshirilayotgan profilaktik va davolash choralari tufayli yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim ko‘rsatkichi 56,2 foizgacha kamaydi. 30.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-30T12:30+0500
2022-10-30T12:30+0500
2022-10-30T12:30+0500
jamiyat
tibbiyot muassasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/02/21201625_0:0:3068:1727_1920x0_80_0_0_661d23d661c044104e00e3eeb6878b9d.jpg
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekiston yurak-qon tomir tizimi kasalliklari oqibatida yuzaga kelayotgan o‘lim holatlarini oldini olish maqsadida kardiojarrohlik muolajalar sonini oshirdi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.Tahlillarga ko‘ra, jahonda yuz berayotgan o‘lim holatlarining qariyb 60 foizi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari oqibatida kelib chiqmoqda. Qolaversa, bu turdagi xastaliklar hanuz nogironlikka yetaklovchi eng asosiy sabablardan biri.Shu bois O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishda eng ilg‘or innovatsion texnologiyalar, tashxislash va muolaja usullarini joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda.Keyingi ikki yilda quyidagi muolajalar soni oshirildi:Kardioxirurgiya sohasida hududlarda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari turi bosqichma-bosqich 15 tadan 35 tagacha oshirildi.Misol uchun, Xorazm, Qashqardaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida 40 turdan ortiq yuqori texnologik kardiojarrohlik amaliyotlari yo‘lga qo‘yildi. Natijada ushbu hududlardan markazga bemorlarning murojaatlari 40 foizga kamaydi.Ikki hududda ilk bor transkateter orqali aorta qopqog‘ini o‘rnatish, onkologik kasalliklarda arteriyaning kimoviy embolizatsiyasi va aorta anevrizmasiga stent-graft o‘rnatish amaliyotlari bajarildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/02/21201625_305:0:3036:2048_1920x0_80_0_0_0affdc46a8a821c4a83b9e92da38f9d4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, tibbiyot muassasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jamiyat, tibbiyot muassasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
O‘zbekistonda kardiojarrohlik muolajalari soni oshdi
Amalga oshirilayotgan profilaktik va davolash choralari tufayli yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim ko‘rsatkichi 56,2 foizgacha kamaydi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekiston yurak-qon tomir tizimi kasalliklari oqibatida yuzaga kelayotgan o‘lim holatlarini oldini olish maqsadida kardiojarrohlik muolajalar sonini oshirdi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar
berdi. Tahlillarga ko‘ra, jahonda yuz berayotgan o‘lim holatlarining qariyb 60 foizi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari oqibatida kelib chiqmoqda. Qolaversa, bu turdagi xastaliklar hanuz nogironlikka yetaklovchi eng asosiy sabablardan biri.
Shu bois O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishda eng ilg‘or innovatsion texnologiyalar, tashxislash va muolaja usullarini joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Keyingi ikki yilda quyidagi muolajalar soni oshirildi:
koronarografiya amaliyoti — 3,8 barobar,
stentlash operatsiyalari — 4,3 barobar,
kardiojarrohlik — 613 dan 5 106 taga.
“Amalga oshirilayotgan profilaktik va davolash choralari tufayli yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim ko‘rsatkichi o‘tgan yilgi 61,7 foizdan 56,2 foizgacha kamaydi”, deyiladi xabarda.
Kardioxirurgiya sohasida hududlarda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari turi bosqichma-bosqich 15 tadan 35 tagacha oshirildi.
Misol uchun, Xorazm, Qashqardaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida 40 turdan ortiq yuqori texnologik kardiojarrohlik amaliyotlari yo‘lga qo‘yildi. Natijada ushbu hududlardan markazga bemorlarning murojaatlari 40 foizga kamaydi.
Ikki hududda ilk bor transkateter orqali aorta qopqog‘ini o‘rnatish, onkologik kasalliklarda arteriyaning kimoviy embolizatsiyasi va aorta anevrizmasiga stent-graft o‘rnatish amaliyotlari bajarildi.