O‘zbekistonda dizel yoqilg‘isi yana arzonlashdi

© Press-sekretar prezidenta Sherzod AsadovVid sverxu na zavod Uzbekistan GTL
Vid sverxu na zavod Uzbekistan GTL - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2022
Obuna bo‘lish
Ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi ortishiga qarab birjaga qo‘yiladigan dizelning boshlang‘ich narxlari yana pasaytiriladi - tafsilotlar.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 31-oktabrdan dizel yoqilg‘isi yana arzonlashtirilmoqda. Bu haqida O‘zbekneftgaz xabar berdi.
O‘zbekneftgaz tomonidan 31-oktabridan Tovar xom ashyo birjasi orqali sotuvga qo‘yiladigan sintetik dizel yoqilg‘isi bir tonnasining boshlang‘ich narxi 12 998 420 so‘mgacha arzonlashtirilishi belgilandi.

“Uzbekistan GTL zavodida ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi ortishiga qarab birjaga qo‘yiladigan dizelning boshlang‘ich narxlari yana pasaytiriladi”, - deyiladi xabarda.

Ushbu narx arzonlashtirilishi so‘nggi uch oy ichida uchinchisi hisoblanadi. Hozirda birjadagi sintetik dizelning boshlang‘ich narxi 1 litr uchun 9930 so‘mni tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun, GTL dizeli “Yevro-4” va undan yuqori yonilg‘ida ishlaydigan yengil va yuk mashinalari, gabarit va maxsus dizel yonilg‘ili transport vositalari uchun mos keladi. “Yevro-6 standarti” talablariga to‘liq javob beradigan GTL dizeli O‘zbekiston va MDH mamlakatlarida mukammal ishlash hamda ekologik xususiyatlarga ega birinchi sintetik yoqilg‘i hisoblanadi.
Hozirda zavodda o‘rtacha bir kunda 1500 tonna sintetik dizel ishlab chiqarilayotgan bo‘lib, noyabr oyida zavodning ikkinchi bosqichi ishga tushirilishi hisobiga bir sutkada o‘rtacha 3000 tonnagacha yoqilg‘i ishlab chiqarilishiga yetkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0