https://oz.sputniknews.uz/20221030/nodirbek-abdusattorov-3-orin-uchun-magnus-karlsenga-qarshi-dona-suradi-29582300.html
Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rin uchun Magnus Karlsenga qarshi dona suradi
Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rin uchun Magnus Karlsenga qarshi dona suradi
Sputnik O‘zbekiston
Musobaqaning 3-o‘rin g‘olibiga 55 000 dollar pul mukofoti beriladi. 30.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-30T14:50+0500
2022-10-30T14:50+0500
2022-10-30T14:50+0500
sport
shaxmat
nodirbek abdusattorov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1e/24881609_0:44:853:524_1920x0_80_0_0_957f4f6495e06d8501989907545ad0df.jpg
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Nodirbek Abdusattorov Reykavik shahrida “World Fischer Random Chess Championship 2022” musobaqasining 3-o‘rini uchun Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.Chempionat g‘olibi 150 ming, 2-o‘rin sohibi 85 ming, 3-o‘rindan joy olgan shaxmatchi 55 ming, 4-o‘rin bilan kifoyalangan shaxmatchi 40 ming dollar bilan mukofotlanadi.Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida Nodirbek Abdusattorov muddatidan oldin yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. U “A” guruhida yetakchi sifatida 10 ochkoga ega bo‘lgan holda 1/2 finalga yo‘l oldi va kecha “B” guruhida 2-o‘rinni egallagan amerikalik Xikaru Nakamura bilan final masalasini hal etish uchun ro‘baro‘ keldi. O‘tkazilgan murosasiz o‘yinda Nodirbek kutilmaganda amerikalik shaxmatchiga imkoniyatni boy berdi.Ikkinchi yarim finalda amaldagi jahon shaxmat toji sohibi, norvegiyalik Magnus Karlsen FIDE bayrog‘i ostida harakatlanayotgan rossiyalik Yan Nepomnyashiyga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1e/24881609_48:0:805:568_1920x0_80_0_0_51b1adad8aae21994f79d61b88a5a274.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, shaxmat, nodirbek abdusattorov
sport, shaxmat, nodirbek abdusattorov
Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rin uchun Magnus Karlsenga qarshi dona suradi
Musobaqaning 3-o‘rin g‘olibiga 55 000 dollar pul mukofoti beriladi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Nodirbek Abdusattorov Reykavik shahrida “World Fischer Random Chess Championship 2022” musobaqasining 3-o‘rini uchun Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar
berdi. Bugun, Nakamura va Nepomnyashiy Fischer Random yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionligi uchun dona sursa, Abdusattorov va Karlsen 3-o‘rin sohibini aniqlash uchun kurashadi.
Chempionat g‘olibi 150 ming, 2-o‘rin sohibi 85 ming, 3-o‘rindan joy olgan shaxmatchi 55 ming, 4-o‘rin bilan kifoyalangan shaxmatchi 40 ming dollar bilan mukofotlanadi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida Nodirbek Abdusattorov muddatidan oldin yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
U “A” guruhida yetakchi sifatida 10 ochkoga ega bo‘lgan holda 1/2 finalga yo‘l oldi va kecha “B” guruhida 2-o‘rinni egallagan amerikalik Xikaru Nakamura bilan final masalasini hal etish uchun ro‘baro‘ keldi. O‘tkazilgan murosasiz o‘yinda Nodirbek kutilmaganda amerikalik shaxmatchiga imkoniyatni boy berdi.
Ikkinchi yarim finalda amaldagi jahon shaxmat toji sohibi, norvegiyalik Magnus Karlsen FIDE bayrog‘i ostida harakatlanayotgan rossiyalik Yan Nepomnyashiyga 1:3 hisobida mag‘lub
bo‘ldi.