https://oz.sputniknews.uz/20221030/milliy-kutubxona-24-soat-ish-rejimiga-otadi-kitobxonlarni-qanday-imkoniyatlar-kutmoqda-29591498.html
Milliy kutubxona 24 soat ish rejimiga o‘tadi: kitobxonlarni qanday imkoniyatlar kutmoqda
Milliy kutubxona 24 soat ish rejimiga o‘tadi: kitobxonlarni qanday imkoniyatlar kutmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Milliy kutubxona kitoxonlarga qanday imkoniyatlarni tayorlab qo‘ygani haqida materialimizda o‘qing. 30.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-30T17:55+0500
2022-10-30T17:55+0500
2022-10-30T17:55+0500
jamiyat
kitob
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/0e/15596234_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_3a526e42938af4f1449252acb097d5d6.jpg
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Milliy kutubxona 1-noyabrdan 24 soat ish rejimiga o‘tishga tayyor.Tungi smenada dastlab, kutubxona binosining “B” blogidagi 1-qavatida joylashgan Elektron o‘quv zalida elektron va an’anaviy ko‘rinishdagi kutubxona – axborot xizmati ko‘rsatiladi.Tungi xizmat ko‘rsatish davomida asosiy fonddan buyurtma berilgan va band qilish javonida saqlash uchun qoldirilgan resurslarni taqdim etiladi.Elektron o‘quv zali foydalanuvchilarga tungi ish vaqtida elektron va an’anaviy ko‘rinishdagi axborot-kutubxona resurslari taqdim etiladi. Ana’naviy va qo‘shimcha pulli (preyskurant bo‘yicha) xizmatlar ko‘rsatiladi.Adabiyotlardan nusxa ko‘chirish, qog‘oz ko‘rinishida chop etish, elektron tashuvchilarga yozib berishga ham avvaldan buyurtma qilinadi.O‘quv zalida quyidagilar taqiqlanadi:Milliy kutubxonada ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarga tungi vaqtda axborot- kutubxona xizmati ko‘rsatilmaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/0e/15596234_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_5825a4cc92fcbc5366a92592c9b5faf4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, kitob
Milliy kutubxona 24 soat ish rejimiga o‘tadi: kitobxonlarni qanday imkoniyatlar kutmoqda
Milliy kutubxona kitoxonlarga qanday imkoniyatlarni tayorlab qo‘ygani haqida materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Milliy kutubxona 1-noyabrdan 24 soat ish rejimiga o‘tishga
tayyor. Tungi smenada dastlab, kutubxona binosining “B” blogidagi 1-qavatida joylashgan Elektron o‘quv zalida elektron va an’anaviy ko‘rinishdagi kutubxona – axborot xizmati ko‘rsatiladi.
Tungi xizmat ko‘rsatish davomida asosiy fonddan buyurtma berilgan va band qilish javonida saqlash uchun qoldirilgan resurslarni taqdim etiladi.
“Foydalanuvchilar avvaldan axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish uchun offlayn va onlayn buyurtma berishlari kerak bo‘ladi. Buyurtmalarni band qilish javonida keyingi foydalanishi uchun (5 kungacha) qoldirish imkoni yaratiladi”, deyiladi xabarda.
Elektron o‘quv zali foydalanuvchilarga tungi ish vaqtida elektron va an’anaviy ko‘rinishdagi axborot-kutubxona resurslari taqdim etiladi. Ana’naviy va qo‘shimcha pulli (preyskurant bo‘yicha) xizmatlar ko‘rsatiladi.
Adabiyotlardan nusxa ko‘chirish, qog‘oz ko‘rinishida chop etish, elektron tashuvchilarga yozib berishga ham avvaldan buyurtma qilinadi.
O‘quv zalida quyidagilar taqiqlanadi:
Elektron o‘quv zalidan foydalanishda ID-kartani boshqa shaxslarga berish va boshqa shaxslarning kartasidan foydalanish;
Axborot-kutubxona resurslarini tashqariga olib chiqish;
Mobil telefondan foydalanish;
Monitor ekranidagi axborotni videotasvir va suratga olish;
Kompyuter o‘yinlari o‘ynash, filmlar ko‘rish, e’lonlar, afishalar va boshqa materiallarni o‘zboshimchalik bilan joylashtirish;
Milliy kutubxonada ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarga tungi vaqtda axborot- kutubxona xizmati ko‘rsatilmaydi.