https://oz.sputniknews.uz/20221030/jazoni-ijro-etish-muassasalarida-saqlanayotgan-xotin-qizlar-kasb-hunarga-oqitiladi-29581093.html
Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitiladi
Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitiladi
Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar vazirligi xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tartibini belgilovchi qaror loyihasini ishlab chiqdi. 30.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-30T15:53+0500
2022-10-30T15:53+0500
2022-10-30T15:53+0500
jamiyat
loyiha
xotin-qizlar
jazoni ijro etish muassasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/19/15053051_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_1895deea43ec1ef4577af31b9556a155.jpg
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va jazo muddatini o‘tab bo‘lgan xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitiladi. Ichki ishlar vazirligi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan.Hujjat loyihasida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, jazo muddatini o‘tab bo‘lgan xotin-qizlarni muammolarini o‘rganish va hal etish tartibini belgilash nazarda tutilmoqda.Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, probatsiya nazoratidagi va jazo muddatini o‘tab bo‘lgan xotin-qizlarni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunar turlariga o‘qitish orqali ularni bandligini ta’minlash tartibi belgilanmoqda.Unga ko‘ra, xotin-qizlar tikuvchilik, bichuvchilik, to‘quvchilik, kashtachilik, dizayner, sartarosh, pazandachilik kabi kasblarga o‘qitiladi.Xotin-qizlarning muammolari quyidagi tartibda o‘rganadi:Bunda inspektorlar xotin-qizlar bilan suhbat o‘tkazib, ularning qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi, turmushga moslashishida qanday yordamga ehtiyoji borligini aniqlaydi.Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatiladi.Xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/19/15053051_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_6f0868bd1a25f23815196376ba6ba2d0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, loyiha, xotin-qizlar, jazoni ijro etish muassasi
jamiyat, loyiha, xotin-qizlar, jazoni ijro etish muassasi
Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitiladi
Ichki ishlar vazirligi xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tartibini belgilovchi qaror loyihasini ishlab chiqdi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va jazo muddatini o‘tab bo‘lgan xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitiladi. Ichki ishlar vazirligi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga
qo‘ygan. Hujjat loyihasida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, jazo muddatini o‘tab bo‘lgan xotin-qizlarni muammolarini o‘rganish va hal etish tartibini belgilash nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, probatsiya nazoratidagi va jazo muddatini o‘tab bo‘lgan xotin-qizlarni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunar turlariga o‘qitish orqali ularni bandligini ta’minlash tartibi belgilanmoqda.
Unga ko‘ra, xotin-qizlar tikuvchilik, bichuvchilik, to‘quvchilik, kashtachilik, dizayner, sartarosh, pazandachilik kabi kasblarga o‘qitiladi.
Xotin-qizlarning muammolari quyidagi tartibda o‘rganadi:
xotin-qizlar murojaatlari tahlil qilinadi;
xotin-qizlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkaziladi.
Bunda inspektorlar xotin-qizlar bilan suhbat o‘tkazib, ularning qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi, turmushga moslashishida qanday yordamga ehtiyoji borligini aniqlaydi.
Hujjat qabul qilinsa, xotin-qizlar orasida tadbirkorlikni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish kutilmoqda. Shuningdek, ayollarni bandligini ta’minlash orqali ular tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish ham nazarda tutilgan.
Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatiladi.
Xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.