https://oz.sputniknews.uz/20221030/fojialar-29592883.html
So‘nggi ikki yilda ommaviy tadbirlardagi tiqilinch sabab yuz bergan yirik fojialar
So‘nggi ikki yilda ommaviy tadbirlardagi tiqilinch sabab yuz bergan yirik fojialar
Sputnik O‘zbekiston
Kuni kecha Janubiy Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tgan tiqilinchdagi voqea ommaviy tadbirlarda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning birinchisi emas. 30.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-30T21:28+0500
2022-10-30T21:28+0500
2022-10-30T21:28+0500
dunyoda
ommaviy tadbir
janubiy koreya
baxtsiz hodisa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1e/29581569_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_543bb4cc69c6c1cc4173d031fdeae820.jpg
2022 yil29 oktabr Janubiy Koreyaning Seul shahri Itxevon tumanidagi tiqilinchda 150 dan ortiq inson halok bo‘ldi, 100 nafardan ko‘p odam jarohatlandi. 3,7 ming nafar odam bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Halok bo‘lganlar orasida 22 nafar chet el, jumladan, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston mamlakatlari fuqarolari ham bor. Qutqaruv xizmatlarining tushuntirishlaricha, tor ko‘cha boshida to‘planib qolgan qatorlar qoqilib, oldinda ketayotganlarni bosib qolgan. Bu esa domino effektini keltirib chiqargan va tor ko‘chadan chiqishda tiqilinch yuzaga kelgan.Shu yilning 2-oktabr kuni Indoneziyaning Malanga futbol stadionida ham yirik tiqilinch yuz berdi. “Arema” va “Persebaya” futbol jamoalarining 2:3 hisobdagi o‘yinlaridan so‘ng mag‘lub bo‘lgan jamoa muxlislari maydonga yugurib chiqqan. Politsiya xodimlari ularga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan va shu sababli odamlar orasida vahima va ur-yiqit yuzaga kelgan. Natijada, tiqilinchda 133 nafar odam halok bo‘lgan. Ulardan 32 nafari bolalar bo‘lgan.28 may kuni Nigeriyaning Rivers shtati Port Xarkord shahrida cherkov kam ta’minlaganlar uchun sovg‘alar va oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatish niyatida tadbir tashkil etgan. Tadbirdagi tiqilinch tufayli 31 nafar inson halok bo‘lgan. Fojianing sabablarini o‘rganish maqsadida tergov boshlangan.25 yanvar kuni Yaunde shahrida (Kamerun) “Olembe” stadionida Kamerun poytaxtidagi 1/8 final o‘yini oldidan tirbandlik sodir bo‘ldi. Unda turnir mezbonlari Komor orollari terma jamoasi bilan uchrashishi kerak edi. Tribunaga taxminan 50 ming muxlis chiqmoqchi bo‘lgan, arenaning sig‘imi esa 60 ming bo‘lgan. Biroq, kovid cheklovlari tufayli stadionning 80% dan ortiq to‘lishi mumkin bo‘lmagan. Natijada sakkiz nafar inson vafot etgan, taxminan 50 nafari jarohatlangan.2021 yil5 noyabr kuni reper Trevis Skottning Texas shtatida bo‘lib o‘tgan konsertida 10 nafar inson vafot etgan. Ikki kunlik musiqa festivaliga 50 ming nafar odam tashrif buyurgan.16 may kuni Quddus shahri yaqinidagi shaharchada sinagoga tribunasi qulab tushdi. Tribunada juda ko‘p odamlar bo‘lgan. Tribunaning qulashi yahudiylarning Shavout bayramini nishonlash boshlanganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan. Favqulodda holat tufayli ikki nafar inson vafot etgan, 200 dan ko‘pi shifoxonaga yotqizilgan.30 aprel kuni tunda Isroildagi Meron tog‘idagi tiqilinchda diniy bayramda ishtirok etayotgan 45 nafar odam vafot etgan va 150 nafari shikastlangan. Ma’lum bo‘lishicha, ziyoratchilar hali yopiq bo‘lgan diniy kompleksga kirmoqchi bo‘lgan va tiqilinch yuzaga kelgan.2020 yil22 avgustda Peru poytaxti Limada joylashgan diskotekada 13 nafar inson vafot etgan. Pandemiya sababli ommaviy tadbirlar o‘tkazishga taqiqlar qo‘yilganiga qaramay politsiya diskoteka faoliyat olib borgani haqida xabar olgan. Politsiya diskotekaga yetib kelganda, odamlar qochishni boshlagan. Tiqilinchda 13 nafar odam, jumladan 3 nafar politsiya xodimi vafot etgan.2 fevral kuni Tanzaniyaning Moshi shahridagi nasroniy cherkovida ibodat vaqtida yuz bergan tiqilinchda 20 kishi halok bo‘ldi. Hodisa Tanzaniyadagi mashhur pastor Bonifas Mvamposaning va’zi paytida sodir bo‘ldi, u yerga moy to‘kib, uni muqaddas deb atagan. E’tiqod qiluvchilar va pastorlarning so‘zlariga ko‘ra, moy kasalliklarni davolagan. Odamlar moyga qo‘llarini tekkizishga harakat qilishgan va natijada tiqilinch yuzaga kelgan.7 yanvar kuni Kermonda (Eron) 3-yanvar kuni AQShning raketa zarbasi natijasida halok bo‘lgan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi “Al-Quds” maxsus kuchlari qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy bilan vidolashish marosimida tiqilinch yuz berdi. Marosimiga juda ko‘p odam kelgan va tiqilinchda 56 nafar odam vafot etgan, 213 nafari turli jarohatlar olib shifoxonaga yotqizilgan.Manba: RIA Novosti.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1e/29581569_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_9c1675052da55f27c4cf3183d07f5f9b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ommaviy tadbir, janubiy koreya, baxtsiz hodisa
dunyoda, ommaviy tadbir, janubiy koreya, baxtsiz hodisa
So‘nggi ikki yilda ommaviy tadbirlardagi tiqilinch sabab yuz bergan yirik fojialar
Kuni kecha Janubiy Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tgan tiqilinchdagi voqea ommaviy tadbirlarda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning birinchisi emas.
29 oktabr Janubiy Koreyaning Seul shahri Itxevon tumanidagi tiqilinchda 150 dan ortiq inson
halok bo‘ldi, 100 nafardan ko‘p odam jarohatlandi. 3,7 ming nafar odam bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Halok bo‘lganlar orasida 22 nafar chet el, jumladan, Rossiya, Qozog‘iston,
O‘zbekiston mamlakatlari fuqarolari ham bor. Qutqaruv xizmatlarining tushuntirishlaricha, tor ko‘cha boshida to‘planib qolgan qatorlar qoqilib, oldinda ketayotganlarni bosib qolgan. Bu esa domino effektini keltirib chiqargan va tor ko‘chadan chiqishda tiqilinch yuzaga kelgan.
Shu yilning 2-oktabr kuni Indoneziyaning Malanga futbol stadionida ham yirik
tiqilinch yuz berdi. “Arema” va “Persebaya” futbol jamoalarining 2:3 hisobdagi o‘yinlaridan so‘ng mag‘lub bo‘lgan jamoa muxlislari maydonga yugurib chiqqan. Politsiya xodimlari ularga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan va shu sababli odamlar orasida vahima va ur-yiqit yuzaga kelgan. Natijada, tiqilinchda 133 nafar odam halok bo‘lgan. Ulardan 32 nafari bolalar bo‘lgan.
28 may kuni Nigeriyaning Rivers shtati Port Xarkord shahrida cherkov kam ta’minlaganlar uchun sovg‘alar va oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatish niyatida tadbir tashkil etgan. Tadbirdagi tiqilinch tufayli 31 nafar inson halok bo‘lgan. Fojianing sabablarini o‘rganish maqsadida tergov boshlangan.
25 yanvar kuni Yaunde shahrida (Kamerun) “Olembe” stadionida Kamerun poytaxtidagi 1/8 final o‘yini oldidan tirbandlik sodir bo‘ldi. Unda turnir mezbonlari Komor orollari terma jamoasi bilan uchrashishi kerak edi. Tribunaga taxminan 50 ming muxlis chiqmoqchi bo‘lgan, arenaning sig‘imi esa 60 ming bo‘lgan. Biroq, kovid cheklovlari tufayli stadionning 80% dan ortiq to‘lishi mumkin bo‘lmagan. Natijada sakkiz nafar inson vafot etgan, taxminan 50 nafari jarohatlangan.
5 noyabr kuni reper Trevis Skottning Texas shtatida bo‘lib o‘tgan konsertida 10 nafar inson vafot etgan. Ikki kunlik musiqa festivaliga 50 ming nafar odam tashrif buyurgan.
16 may kuni Quddus shahri yaqinidagi shaharchada sinagoga tribunasi qulab tushdi. Tribunada juda ko‘p odamlar bo‘lgan. Tribunaning qulashi yahudiylarning Shavout bayramini nishonlash boshlanganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan. Favqulodda holat tufayli ikki nafar inson vafot etgan, 200 dan ko‘pi shifoxonaga yotqizilgan.
30 aprel kuni tunda Isroildagi Meron tog‘idagi tiqilinchda diniy bayramda ishtirok etayotgan 45 nafar odam vafot etgan va 150 nafari shikastlangan. Ma’lum bo‘lishicha, ziyoratchilar hali yopiq bo‘lgan diniy kompleksga kirmoqchi bo‘lgan va tiqilinch yuzaga kelgan.
22 avgustda Peru poytaxti Limada joylashgan diskotekada 13 nafar inson vafot etgan. Pandemiya sababli ommaviy tadbirlar o‘tkazishga taqiqlar qo‘yilganiga qaramay politsiya diskoteka faoliyat olib borgani haqida xabar olgan. Politsiya diskotekaga yetib kelganda, odamlar qochishni boshlagan. Tiqilinchda 13 nafar odam, jumladan 3 nafar politsiya xodimi vafot etgan.
2 fevral kuni Tanzaniyaning Moshi shahridagi nasroniy cherkovida ibodat vaqtida yuz bergan tiqilinchda 20 kishi halok bo‘ldi. Hodisa Tanzaniyadagi mashhur pastor Bonifas Mvamposaning va’zi paytida sodir bo‘ldi, u yerga moy to‘kib, uni muqaddas deb atagan. E’tiqod qiluvchilar va pastorlarning so‘zlariga ko‘ra, moy kasalliklarni davolagan. Odamlar moyga qo‘llarini tekkizishga harakat qilishgan va natijada tiqilinch yuzaga kelgan.
7 yanvar kuni Kermonda (Eron) 3-yanvar kuni AQShning raketa zarbasi natijasida halok bo‘lgan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi “Al-Quds” maxsus kuchlari qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy bilan vidolashish marosimida tiqilinch yuz berdi. Marosimiga juda ko‘p odam kelgan va tiqilinchda 56 nafar odam vafot etgan, 213 nafari turli jarohatlar olib shifoxonaga yotqizilgan.