Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan "Yangi Nafas" ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi
© Sputnik / Vladimir Astapkovich
/ Obuna bo‘lish
Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun arafasida 15ta shaharda bir vaqtning o‘zida musobaqalar tashkil etiladi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekistonning bir qator hududlarida 13-noyabr kuni "Yangi Nafas" ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Toshkent shahar transport bosh boshqarmasining xabar berdi.
Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun arafasida 15ta shaharda bir vaqtning o‘zida musobaqalar tashkil etiladi.
“Musobaqalar Farg‘ona, Qo‘qon, Namangan, Andijon, Chirchiq, Guliston, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Buxoro, Urganch, Nukus va Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tadi va u mamlakat bo‘ylab 32 mingga yaqin ishtirokchini “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” yagona shiori ostida birlashadi”, - deyiladi xabarda.
Toshkent shahrida musobaqalar “Yangi O‘zbekiston”, “Ashxobod” bog‘lari va “Humo Arena” muz saroyi hududida o‘tkaziladi.
Musobaqaning yagona masofa uzunligi 3 km.ni tashkil qiladi. Tajribali yuguruvchilar uchun 12 km uzunlikdagi masofa kiritilgan bo‘lib, uning marshruti “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tadi.
Musobaqa doirasida har bir shaharda konsert – ko‘ngilochar tadbirlar, Davlat bayrog‘i kuniga bag‘ishlab ommaviy fleshmoblar tashkil etilishi ham rejalashtirilgan.
18 noyabr — O‘zbekistonda davlat bayrog‘i kuni.