Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

© Davlat test markazi Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2022
Obuna bo‘lish
Unda jami 5 826 nafar talabgordan 5 580 nafari ishtirok etdi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Davlat test markazi xabar berdi.
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.
Test sinovlari ingliz tilidan yangi format asosida ko‘p darajali tizimda, boshqa tillardan esa B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.
Unda jami 5 826 nafar talabgordan 5 580 nafari ishtirok etdi. 7 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani sababli test sinovidan chetlatildi.
Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 1-4, 7-8 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida ham tashkil etilib, har oyda 2 marotaba o‘tkaziladi. Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.
Yangiliklar lentasi
0