Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQShning yangi mudofaa strategiyasiga izoh berdi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2022
Obuna bo‘lish
Grushko: Rossiyaning harbiy doktrinasi yadroviy qurol masalasini ikki tomonlama talqin qilishga imkon bermaydi
TOShKENT, 29 okt - Sputnik Rossiya G‘arb davlatlarining, birinchi navbatda AQShning doktrinaviy hujjatlari evolyutsisini kuzatib boradi va ularning tili tushunarsiz, hamda ularda yadro qurolidan foydalanishga ruxsat beruvchi ssenariylar soni ortib borayotganidan xavotir bildirgan. Shu bilan birga Rossiyaning harbiy doktrinasi yadroviy qurol masalasini ikki tomonlama talqin qilishga imkon bermaydi, deydi RF TIV o‘rinbosari Aleksandr Grushko.
“Biz G‘arbning yadroviy mamlakatlari umumiy strategiyalari evolyutsiyasini harbiy va siyosiy jihatdan diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz. Bu Buyuk Britaniyaga ham, Fransiyaga ham, birinchi navbatda AQShga ham tegishli. Shuningdek, yetkazib berish vositalari, xususan ushbu qurollar bilan nimalar bo‘layotganini ham kuzatib borapmiz”, - deydi Grushko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva bu masalada uni xavotirga soladigan jihatlar haqida bir necha marotaba aytgan
“Yadroviy strategiyalar tili ancha tushunarsiz va biz yadro qurolidan foydalanishga imkon beruvchi ssenariylar soni ortib borayotganini ko‘rapmiz. Darvoqe, bu Fransiyaning yadroviy strategiyasiga ham tegishli”, - deydi u.
“Bizning harbiy doktrinamiz va yadro qurolidan foydalanish ehtimoliga oid tegishli hujjatlar juda aniq berilgan va ikki tomonlama talqinlarga yo‘l qo‘ymaydi. Unda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’kidlanganidek, yadroviy to‘qnashuvdan tashqarida, faqat davlatning mavjudligiga tahdid bo‘lganda yadro qurolidan foydalanish mumkin. Bo‘ldi. Bu mutlaqo aniq mezon”, - deydi vazir o‘rinbosari.
Payshanba kuni AQSh Mudofaa vazirligi o‘zining Milliy mudofaa strategiyasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, AQSh o‘z vazifasini yadro urushi xavfini kamaytirishda deb biladi va bu maqsadda boshqa yadroviy kuchlar bilan hamkorlik qilishga intiladi. Hujjatda shuningdek, o‘z xavfsizligini ta’minlash bilan birga, AQShning maqsadi yadro qurolidan foydalanmaslik muddatini uzaytirish ekani ham qayd etilgan. Strategiyada Rossiya Vashington manfaatlari va qadriyatlariga xavf soladigan keskin tahdid sifatida tavsiflanadi.
Shu bilan birga Amerika qurollarni nazorat qilish assotsiatsiyasi payshanba kuni Pentagon tomonidan e’lon qilingan strategiyani mamlakat mudofaasi va tashqi siyosatidagi roli haqida “chalkash va tushunarsiz” taassurot qoldiradi deb aytdi.
Yangiliklar lentasi
0