O‘zbek adabiyotshunos olimi Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot bilan taqdirlandi

© Oliy Majlis Senati Shuhrat Sirojiddinov
Shuhrat Sirojiddinov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2022
Obuna bo‘lish
MDH PA Kengashining qarori bilan Shuhrat Sirojiddinovga Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot berildi.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinovga Chingiz Aytmatov nomidagi mukofotni berish to‘g‘risida MDH PA Kengashining qarori qabul qilindi. Bu haqida Oliy Majlis Senati xabar berdi.
Mukofotni Qirg‘iz Respublikasi delegatsiyasi rahbari Nurlanbek Shakiyev topshirdi.
Shuhrat Sirojiddinov matnshunoslik va adabiyotshunoslik sohasida yirik olim sifatida tanilgan, o‘zbek mumtoz adabiyoti, dinshunoslik va tarjima nazariyasiga oid qator ilmiy asarlariga ega. Yozuvchi 140 dan ortiq ilmiy maqolalar, 16 ta monografiya va o‘quv qo‘llanmalari muallifi.
Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot Qirg‘iziston Jogorku Keneshi taklifi bilan 2012-yil noyabr oyida ta’sis etilgan. Mukofot har yili madaniyat, ma’rifat sohasidagi xizmatlari, gumanitar fanlar, adabiyot va san’at rivojiga, madaniy merosni o‘rganish va asrab-avaylash, madaniyatlar, millatlar hamda elatlarni yaqinlashtirish va o‘zaro boyitish, tinchlik va do‘stlikni mustahkamlashga, shuningdek, davlatlar o‘rtasidagi ma’naviy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissa uchun beriladi.
Yangiliklar lentasi
0