OAV: Klichko G‘arbdan ukrainaliklar uchun yopinchiq so‘ramoqda

© Sputnik / Maksim BlinovMer Kiyeva Vitaliy Klichko
Mer Kiyeva Vitaliy Klichko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2022
Obuna bo‘lish
Britaniya matbuotining yozishicha, Kiyev rahbari qishga qattiq tayyorgarlik ko‘rmoqda.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Kiyev meri Vitaliy Klichko G‘arb davlatlaridan kelayotgan qish oldidan ukrainaliklarni yopinchiq va generatorlar bilan ta’minlashni so‘radi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.
“Agar G‘arb zudlik bilan ularni isitish uchun ko‘rpa-to‘shak va generatorlar yubormasa, ukrainaliklar shu qishda muzlab o‘ladi”, deb yozadi Klichkoga tayanib Telegraph.
Merning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar “eng yomon ssenariy”ga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu sababli Klichko vatandoshlarini qishda Ukrainadan tashqarida qolishga chaqirdi.
Maqola mualliflari, shuningdek, shahar aholisi Kiyev rahbarini qo‘llab-quvvatlayotgani, lekin uning va’dalaridan ehtiyot bo‘layotganini yozgan.
Avvalroq AQSh aholisi Ukraina prezidentini G‘arbdan pul so‘ragani uchun masxara qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0