https://oz.sputniknews.uz/20221029/bir-qator-shaharlardagi-nikoh-uylari-fhdyo-bolimlari-etib-qayta-tashkil-etildi--yangi-qaror-29563939.html
Bir qator shaharlardagi nikoh uylari FHDYo bo‘limlari etib qayta tashkil etildi – yangi qaror
Bir qator shaharlardagi nikoh uylari FHDYo bo‘limlari etib qayta tashkil etildi – yangi qaror
Sputnik O‘zbekiston
FHDYo bo‘limlari soni ortishi navbatlar kamayishi, masofalar qisqarishi, fuqarolarning vaqti va boshqa resurslari tejalishi hamda xizmat sifatining ortishiga olib... 29.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-29T19:05+0500
2022-10-29T19:05+0500
2022-10-29T19:05+0500
jamiyat
yangi qaror
adliya vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0f/23345922_0:104:1989:1223_1920x0_80_0_0_f6e8a5f50d4798875082afd590b97440.jpg
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi va Guliston shaharlaridagi mavjud nikoh uylari FHDYo bo‘limlari etib qayta tashkil etildi. Bu haqida Hukumat tomonidan qabul qilingan 623-sonli qarorda nazarda tutilgan.Ushbu nikoh uylari oldin faqat nikohni qayd qilish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, endilikda FHDYo bo‘limi sifatida boshqa turdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish (tug‘ilish, o‘lim, ajrim va b.) bilan ham shug‘ullanadi.FHDYo organlarida turli yillarda bir xil seriya va raqamli tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilganligi aniqlangan holatlarda, ushbu guvohnomalarni qayta rasmiylashtirish uchun gerb yig‘imi undirilmasligi belgilandi.Shuningdek, qaror bilan Adliya vazirligiga vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holatini muntazam monitoring va tahlil qilib borish bo‘yicha qo‘shimcha vazifa yuklatildi.Respublika bo‘ylab FHDYo bo‘limlari soni ortishi navbatlar kamayishi, masofalar qisqarishi, fuqarolarning vaqti va boshqa resurslari tejalishi hamda xizmat sifatining ortishiga olib kelishi kutilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0f/23345922_111:0:1879:1326_1920x0_80_0_0_46104926fcd6474a6e53da19573a2641.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yangi qaror, adliya vazirligi
jamiyat, yangi qaror, adliya vazirligi
Bir qator shaharlardagi nikoh uylari FHDYo bo‘limlari etib qayta tashkil etildi – yangi qaror
FHDYo bo‘limlari soni ortishi navbatlar kamayishi, masofalar qisqarishi, fuqarolarning vaqti va boshqa resurslari tejalishi hamda xizmat sifatining ortishiga olib kelishi kutilmoqda.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi va Guliston shaharlaridagi mavjud nikoh uylari FHDYo bo‘limlari etib qayta tashkil etildi. Bu haqida Hukumat tomonidan qabul qilingan 623-sonli qarorda nazarda
tutilgan. Ushbu nikoh uylari oldin faqat nikohni qayd qilish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, endilikda FHDYo bo‘limi sifatida boshqa turdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish (tug‘ilish, o‘lim, ajrim va b.) bilan ham shug‘ullanadi.
Qaror bilan Adliya vazirligiga mavjud shtatlar doirasida FHDYo bo‘limlarini tashkil etish va tugatish bo‘yicha qo‘shimcha vakolat berildi.
FHDYo organlarida turli yillarda bir xil seriya va raqamli tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilganligi aniqlangan holatlarda, ushbu guvohnomalarni qayta rasmiylashtirish uchun gerb yig‘imi undirilmasligi belgilandi.
Shuningdek, qaror bilan Adliya vazirligiga vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holatini muntazam monitoring va tahlil qilib borish bo‘yicha qo‘shimcha vazifa yuklatildi.
Respublika bo‘ylab FHDYo bo‘limlari soni ortishi navbatlar kamayishi, masofalar qisqarishi, fuqarolarning vaqti va boshqa resurslari tejalishi hamda xizmat sifatining ortishiga olib kelishi kutilmoqda.