Valentina Matviyenko Tanzila Narbayevaga “Do‘stlik” ordenini topshirdi - video

© MDH PATanzila Narboyeva
Tanzila Narboyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2022
Obuna bo‘lish
Samarqandda MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining 54-yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Samarqandda MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining 54-yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Majlis avvalida Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko kirish so‘zi bilan ishtirok etdi.
“MDH Parlamentlararo Assambleyasi o‘zining 30-yillik tarixi davomida o‘zining samaradorligini, dolzarbligini, tayyorligini, eng muhimi, geosiyosiy o‘zgarishlarga tezkorlik bilan javob berish, yangi voqelikka moslashish, ularning ish sur’ati, hajmi va sifatini kamaytirmaslik qobiliyatini bir necha bor isbotladi. Bugun, jahon tartibining global o‘zgarishlari davrida Assambleyamizning keng qamrovli Hamdo‘stlik hududida mustahkamlovchi roli har qachongidan ham katta”, deydi Valentina Matviyenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, keyingi faoliyat doimo vazifalarga konstruktiv yondashish, hamkorlikni mustahkamlash va o‘zaro yordamga intilish bilan ajralib turadi.
Uchrashuvda Federatsiya Kengashi Raisi O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaga Rossiya Federatsiyasining “Do‘stlik” ordenini ham topshirdi.
“Siz Rossiyaning azaliy samimiy do‘stisiz va ushbu yuksak mukofot Sizning tinimsiz vijdonan mehnatingizga munosib baho, Rossiya-O‘zbekiston hamkorligini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissangiz e’tirofi bo‘lib xizmat qiladi. Uning muvaffaqiyatli rivojlanishining eng muhim omillaridan biri, shubhasiz, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirishga ko‘rsatayotgan yordamingizdir”, dedi u.
Tanzila Narboyeva, o‘z navbatida, Valentina Matviyenko va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yuksak mukofot uchun minnatdorlik bildirdi.
“Men uchun bu katta sharaf. Bu ordenning ahamiyati juda katta, chunki hamma zamonlarda ham, barcha xalqlar o‘rtasida xalqlar do‘stligini mustahkamlash borasidagi ishlar yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan. Bu mukofot nafaqat menga balki, Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlarni rivojlantirish yo‘lida katta ishlarni amalga oshirayotgan barcha hamkasblarim – O‘zbekiston parlamenti a’zolariga berildi”, deydi Tanzila Narbayeva.
Yangiliklar lentasi
0