Qonun hujjatlariga qo‘shimcha kiritish tartibi o‘zgardi – yangi qonun

© O‘zbekiston respublikasi Oliy majlis Qonunchilik palatasiKonstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2022
Obuna bo‘lish
Prezident tomonidan imzolangan yangi qonun bilan parlamentda hujjatlarga o‘zgartirish kiritish tartibi o‘zgardi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Endilikda qonunga o‘zgartirish kiritilayotganda buning zaruriyati, sabab va maqsadlarini tushuntiruvchi muqaddima keltirilishi kerak. Bu haqida prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–796 sonli qonunda nazarda tutilgan.
Hujjat bilan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, qonun loyihasini deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida muhokama uning nomi, muqaddimasi (agar mavjud bo‘lsa), har bir moddasi bo‘yicha alohida-alohida o‘tkaziladi.
Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek ularga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyoti ham o‘zgardi.
Unga ko‘ra, qonunosti hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasining nomida asosiy o‘zgartish va qo‘shimchalarning mohiyati ko‘rsatilishi kerak.
Hujjat loyiha, qoida tariqasida, uni qabul qilish zaruriyati, sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan, shuningdek normativ-huquqiy hujjatning mohiyatini va ahamiyatini ochib beradigan muqaddimaga ega bo‘ladi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0