Para pauerlifting: o‘zbekistonliklar Afrika ochiq chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

© O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Para pauerlifting
Para pauerlifting - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2022
Obuna bo‘lish
Misr poytaxti Qohira shahrida para pauerlifting bo‘yicha Afrika ochiq chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar Afrika ochiq chempionatida beshta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Misr poytaxti Qohira shahrida para pauerlifting bo‘yicha Afrika ochiq chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning dastlabki kunida 3 nafar O‘zbekistonlik sportchilar shohsupadan joy oldi.
ayollar o‘rtasida -55 kg vazn toifasida Ruxshona O‘ktamova 2 ta oltin.
erkaklar o‘rtasida -59 kg vazn toifasida Oqiljon Yakubov 2 ta kumush va -50 kg vazn toifasida Dildora Nurilloyeva 1 ta kumush.
Bugun musobaqaning ikkinchi kunida erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasida Sherali Ahmadaliyev hamda ayollar o‘rtasida -45 kg vazn toifasida Aqida Axtamova mamlakat sharafini himoya qiladi.
Yangiliklar lentasi
0