https://oz.sputniknews.uz/20221028/ozbekistonlik-tadbirkorlar-qozogistondagi-davlat-xaridlarida-ishtirok-etishi-mumkin-29538669.html
O‘zbekistonlik tadbirkorlar Qozog‘istondagi davlat xaridlarida ishtirok etishi mumkin
O‘zbekistonlik tadbirkorlar Qozog‘istondagi davlat xaridlarida ishtirok etishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘iston hukumat a’zolari bilan uchrashdi. 28.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-28T12:23+0500
2022-10-28T12:23+0500
2022-10-28T12:23+0500
iqtisod
qozog‘iston
go‘sht
toshkent xalqaro investitsiya forumi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1c/29538930_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_02d518c3f1c5159bdce7da6bc6a49842.jpg
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish tartibi soddalashtiriladi. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiyaning Qozog‘iston hukumat a’zolari bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilindi.Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Uchrashuvda Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini (XSKM) tashkil etish, shuningdek, qo‘shma investitsiya loyihalarini, jumladan, Qozog‘istonga yuqori darajadagi tashrif yakunlari bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” bilan tasdiqlangan umumiy qiymati 3,3 milliard dollarlik 34 ta loyiha va 37 ta yangi 2,5 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.Tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash va kelgusida hayotga joriy qilish, shuningdek, istiqbolli investitsiya loyihalarini markaz hududida joylashtirish yuzasidan ishlarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.Tomonlar quyidagi hamkorlikka kelishib olishdi:Uchrashuvlar bu yilgi Hududlar forumi hamda Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazishning barcha tashkiliy masalalari ham ko‘rib chiqildi.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1c/29538930_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_42bae3c736c44ad7b0376b9e412eb5f5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, qozog‘iston, go‘sht, toshkent xalqaro investitsiya forumi
iqtisod, qozog‘iston, go‘sht, toshkent xalqaro investitsiya forumi
O‘zbekistonlik tadbirkorlar Qozog‘istondagi davlat xaridlarida ishtirok etishi mumkin
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘iston hukumat a’zolari bilan uchrashdi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish tartibi soddalashtiriladi. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiyaning Qozog‘iston hukumat a’zolari bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum
qilindi. Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini (XSKM) tashkil etish, shuningdek, qo‘shma investitsiya loyihalarini, jumladan, Qozog‘istonga yuqori darajadagi tashrif yakunlari bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” bilan tasdiqlangan umumiy qiymati 3,3 milliard dollarlik 34 ta loyiha va 37 ta yangi 2,5 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash va kelgusida hayotga joriy qilish, shuningdek, istiqbolli investitsiya loyihalarini markaz hududida joylashtirish yuzasidan ishlarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar quyidagi hamkorlikka kelishib olishdi:
O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning Qozog‘istondagi davlat xaridlarida ishtirok etishi;
Ikki mamlakat eksportorlari tomonidan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni soddalashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni qabul qilish.
Uchrashuvlar bu yilgi Hududlar forumi hamda Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazishning barcha tashkiliy masalalari ham ko‘rib chiqildi.