O‘zbekistonlik olimlar qon ketishini oldini oluvchi preparat ishlab chiqishdi

Obuna bo‘lish
Dori vositasi o‘simlikdan olingan birikmalar asosida tayyorlanganligi sababli yonaki salbiy ta’sirlarga ega emas – tafsilotlar.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik olimlar jarrohlik amaliyotlaridan oldin va keyin qon ketish jarayonlarini oldini oluvchi Glilagin dori vositasini ishlab chiqarishdi.
Bioorganik kimyo instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan dori vositasidan jarrohlik amaliyotlaridan oldin va keyin qon ketish jarayonlarini oldini olishda foydalanish mumkin.
Shuningdek, mahalliy va bachadondan qon ketish jarayonlarida gemofiliya bilan bog‘liq qon ketishlarda va trombotsitopenik purpura va allergik diatezlarda qarshi qo‘llaniladi.
Preparatning ta’sir mexanizmi, qon tomir-trombotsitar gemostaziga bog‘lik.
"U qon tarkibidagi trombotsitlar sonining oshishi va ularning adgeziv va agregatsion xususiyatlarini, shuningdek, trombotsitar tizimining faollashishi bilan birga, kapillyarlar o‘tkazuvchanligining kamayishi hamda hosil bo‘layotgan quyqaning retraktivligini kuchaytiradi", deyiladi xabarda.
Preparat V sinf kam zaharli preparatlar jumlasiga kiradi, kumulyativ, mahalliy seskantiruvchi, mutagenlik, emriotoksiklik, teratogen va allergik xususiyatlarga ega emas.
Glilagin periferik qon sistemasiga, jigar va buyrak, xronik kasalliklarda ichki qo‘llanishda a’zolarning patomorfologiyasiga va to‘qimalariga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Hozirgi kunda amaliy tibbiyotda ishlatiladigan analoglari “Ditsinon”, “Vikasol” va “Aminokapron kislota”lari sintetik birikmalar bo‘lib, ulardan farqli ravishda “Glilagin tabletkalari 0.005g” 100% tabiiy, o‘simlikdan olingan birikmalar asosida tayyorlanganligi sababli yonaki salbiy ta’sirlarga ega emas.
Yangiliklar lentasi
0