https://oz.sputniknews.uz/20221028/mishustin-dollardan-tezroq-voz-kechishga-chaqirdi-29543726.html
Mishustin dollardan tezroq voz kechishga chaqirdi
Mishustin dollardan tezroq voz kechishga chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
MDH Hukumatlari rahbarlarining Ostonadagi yig‘ilishida Rossiya bosh vaziri Rossiya yaqin xorij mamlakatlari uchun ishonchli ittifoqchi va hamkor bo‘lib qolayotganini... 28.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-28T16:24+0500
2022-10-28T16:24+0500
2022-10-28T16:24+0500
rossiya
mixail mishustin
mdh
ostona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/19/22977876_0:218:2867:1831_1920x0_80_0_0_f5d73ad9cf01f805c33f894539076c25.jpg
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida sheriklik sanksiyalar va to‘siqlarga qaramay rivojlanmoqda. Bu haqida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Ostonada bo‘lib o‘tgan MDH Hukumat rahbarlarining yig‘ilishida ma’lum qildi.Mixail Mishustin o‘tgan yili Rossiyaning MDH davlatlari bilan savdo aylanmasi 30 foizdan ko‘proqqa o‘sgani, eksport hajmi qariyb chorakga o‘sib, 65 milliard dollardan oshgani, import esa 25 foizga oshib, qariyb 32 milliard dollarni tashkil etganini eslatdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda G‘arb dollardan qurol sifatida faol foydalanmoqda, xalqaro moliyaviy zaxiralar institutini obro‘sizlantirmoqda.Mixail Mishustin moliyaviy suverenitet uchun MDH davlatlari zudlik bilan milliy valyutalarda hisob-kitoblarga o‘tishi va dollardan voz kechishi kerakligini qo‘shimcha qildi.Rossiya bosh vaziri, shuningdek, MDH hamkorlarini xizmatlarning o‘zaro savdosi bo‘yicha kelishuv bo‘yicha muzokaralarni imkon qadar tezroq yakunlashga chaqirdi. Shartnoma investorlar huquqlari va davlatlar manfaatlarini himoya qilish, qulay sarmoyaviy muhitni shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/19/22977876_69:0:2798:2047_1920x0_80_0_0_f95ee680e2933193b44d67591db4b3b2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, mixail mishustin, mdh, ostona
rossiya, mixail mishustin, mdh, ostona
Mishustin dollardan tezroq voz kechishga chaqirdi
MDH Hukumatlari rahbarlarining Ostonadagi yig‘ilishida Rossiya bosh vaziri Rossiya yaqin xorij mamlakatlari uchun ishonchli ittifoqchi va hamkor bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida sheriklik sanksiyalar va to‘siqlarga qaramay rivojlanmoqda. Bu haqida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Ostonada bo‘lib o‘tgan MDH Hukumat rahbarlarining yig‘ilishida ma’lum qildi.
"Hamdo‘stlik doirasidagi o‘zaro hamkorlik rivojlanishda davom etmoqda. Rossiya ishonchli ittifoqchi va savdo sherigi bo‘lib qolmoqda. Biz eng yaqin qo‘shnilarimiz manfaatlariga e’tiborli va hurmat bilan qaraymiz", deydi u.
Mixail Mishustin o‘tgan yili Rossiyaning MDH davlatlari bilan savdo aylanmasi 30 foizdan ko‘proqqa o‘sgani, eksport hajmi qariyb chorakga o‘sib, 65 milliard dollardan oshgani, import esa 25 foizga oshib, qariyb 32 milliard dollarni tashkil etganini eslatdi.
"Biz MDHga a’zo mamlakatlar iqtisodiyotida umuman ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etmoqdamiz. Bu sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, yuk tashish hajmi, asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar bilan bog‘liq", dedi bosh vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda G‘arb dollardan qurol sifatida faol foydalanmoqda, xalqaro moliyaviy zaxiralar institutini obro‘sizlantirmoqda.
Mixail Mishustin moliyaviy suverenitet uchun MDH davlatlari zudlik bilan milliy valyutalarda hisob-kitoblarga o‘tishi va dollardan voz kechishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
“Unga erishish uchun milliy valyutalarga o‘tishni tezlashtirish va o‘zaro savdoda dollardan voz kechish, shuningdek, hech kimga, shu jumladan, G‘arb mamlakatlariga ham bog‘liq bo‘lmagan moliyaviy xabarlarni uzatish uchun o‘z tizimlarimizni joriy etishimiz zarur”, deya qayd etdi Mixail Mishustin.
Rossiya bosh vaziri, shuningdek, MDH hamkorlarini xizmatlarning o‘zaro savdosi bo‘yicha kelishuv bo‘yicha muzokaralarni imkon qadar tezroq yakunlashga chaqirdi. Shartnoma investorlar huquqlari va davlatlar manfaatlarini himoya qilish, qulay sarmoyaviy muhitni shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan.