MDH Hukumat rahbarlari Toqayev bilan uchrashishdi

© Press-slujba prezidenta KazaxstanaMDH davlatlari hukumat rahbarlari Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashishdi
MDH davlatlari hukumat rahbarlari Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2022
Obuna bo‘lish
Qasim-Jomart Toqayev MDH Hukumat rahbarlari kengashining Ostona shahrida o‘tkazilishi Hamdo‘stlik oldida turgan muammolarni hal etishga amaliy hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Qozog‘istoning Ostona shahrida MDH Hukumat rahbarlari prezident Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashishdi. Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Toqayev delegatsiyalar rahbarlarini qutlar ekan, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun shart-sharoit yaratish muhimligini ta’kidladi. U o‘z so‘zida o‘sib borayotgan geosiyosiy qarama-qarshiliklar, jahon iqtisodiyotidagi notinchlikka e’tibor qaratib, qator samarali choralar ko‘rishga chaqirdi.
© Press-slujba prezidenta KazaxstanaMDH davlatlari hukumat rahbarlari Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashishdi
MDH davlatlari hukumat rahbarlari Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2022
MDH davlatlari hukumat rahbarlari Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashishdi
“Xalqaro bozorlardagi inqiroz davriga qaramay, mamlakatlarimiz iqtisodiyoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda”, deydi Toqayev.
Qasim-Jomart Toqayev tranzit-transport salohiyatini rivojlantirishga ham to‘xtalib o‘tdi. Xususan, u Yevroosiyo bozorlari uchun yangi imkoniyatlar ochayotgan Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishining istiqbollarini qayd etdi.
“Bu mavzu tobora dolzarb bo‘lib bormoqda, ishonamanki, MDHga a’zo davlatlar mavjud salohiyatni rivojlantirish, xususan, Eron, Fors ko‘rfazi va Hindistonga chiqish yo‘li bilan Shimol-Janub yo‘nalishidagi savdoni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qiladi”, deydi u.
Qasim-Jomart Toqayev MDH Hukumat rahbarlari kengashining Ostona shahrida o‘tkazilishi Hamdo‘stlik oldida turgan muammolarni hal etishga amaliy hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Ostonada MDH davlatlari hukumat rahbarlarining uchrashuvi boshlandi. Yig‘ilishda Bosh vazirlar Alixan Smailov (Qozog‘iston), Ali Asadov (Ozarbayjon), Roman Golovchenko (Belarus), Oqilbek Japarov (Qirg‘iziston), Mixail Mishustin (Rossiya), Kohir Rasulzoda (Tojikiston), Abdulla Aripov (O‘zbekiston) ishtirok etmoqda.
Shuningdek, Armaniston vitse-prezidenti Megri Grigoran, Turkmaniston vitse-prezidenti o‘rinbosari Xojamirat Geldimiradov ham qatnashmoqda.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha 10dan ortiq hujjat qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0