Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 28-oktabrning asosiy xabarlari

© AP Photo / Kostiantyn LiberovUkrainskie voyennie. Arxivnoe foto
Ukrainskie voyennie. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli kuchlari ko‘p sonli talofatlarga qaramasdan hujumga o‘tish taktikasidan voz kechayotgani yo‘q. O‘tgan sutka davomida uch yo‘nalishda faol hujumlar amalga oshirildi va ularning barchasi qaytarildi. Dushman ko‘p sonli yo‘qotishlar bilan chekindi.
TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan maxsus operatsiyaning asosiy voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti

Kupansk yo‘nalishida, Xarkov viloyatining Berestovoe aholi punkti yaqinida dushman kuchaytirilgan batalon kuchlari bilan Rossiya qo‘shinlari pozitsiyalariga hujum qildi. Barcha hujumlar qaytariladi. Dushmanning yo‘qotishlari: 150 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank, beshta piyoda jangovar mashinasi, to‘rtta bronetransportor va to‘qqizta pikap.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida LXRning Chervonopopovka aholi punkti yaqinida Ukraina QKning ikkita batalon-taktik guruhi hujumkor amaliyotlar o‘tkazdi. Artilleriya va armiya aviatsiyasi zarbalari natijasida 50 dan ortiq ukrainalik harbiylar, ikkita tank, uchta zirhli jangovar mashina va ikkita avtomobil yo‘q qilindi. Hujum to‘xtatildi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida DXRning Vremevka aholi punkti yaqinida Ukraina QK taktik guruhi hujum qildi. Rossiya bo‘linmalarining faol harakatlari va artilleriya o‘qlari dushmanni o‘z pozitsiyalariga qaytardi, 30 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank, ikkita zirhli jangovar mashina va bitta pikap yo‘q qilindi.
Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida kun davomida Rossiya artilleriyasi va armiya aviatsiyasining zarbalari mamlakat ichkarisidan front tomon kelayotgan Ukraina qo‘shinlarining zaxiralari, front chizig‘i yaqinidagi sabotaj guruhlariga zarba berdi. 180 dan ortiq ukrainalik harbiylar, sakkizta zirhli jangovar mashina va oltita texnika yo‘q qilindi.
Armiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi Xarkov viloyatining Kupansk, Lugansk Xalq Respublikasining Nevskoe, Torskoe, Seversk, Zvanovka aholi punktlari, Donetsk Xalq Respublikasi va Nikolayev shahri hududlarida joylashgan Ukraina Qurolli Kuchlarining oltita qo‘mondonlik punktlariga zarba berdi. Shuningdek, zarbalar 74 ta artilleriya bo‘linmalari va 167ta dushman joylashuv nuqtalariga berildi.
Donetsk Xalq Respublikasining Vesoloe, Davydov Brod, Novaya Kamenka, Xerson viloyati va Nikolayev shahri aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining beshta o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Xerson viloyati Novaya Kamenka aholi punkti hududida Ukraina Harbiy-havo kuchlarining Mi-8 vertoloti havo mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirildi.
Xerson viloyatidagi Nikolskoe va Berislav aholi punktlari hududlarida uchta uchuvchisiz uchish apparati tutib olindi.
Donetsk Xalq Respublikasining Novaya Kaxovka, Tokarevka, Xerson viloyati va Pokrovskoe aholi punktlari hududlarida havoda "HIMARS" va "Uragan" raketa tizimlarining oltita snaradlari urib tushirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina QKlari jami 326 ta samolyot, 164 ta vertolot, 2356 ta uchuvchisiz uchish apparati, 383 ta zenit-raketa kompleksi, 6130 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 876 ta ko‘p raketa tizimiga ega jangovar texnika, 3532 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 6823 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0