https://oz.sputniknews.uz/20221028/fargonada-markaziy-osiyo-tibbiyot-universiteti-ochildi--29549749.html
Farg‘onada Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti ochildi
Farg‘onada Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Oliygoh, bu yil davolash ishi, stomatologiya va pediatriya yo‘nalishlarida 600 nafar talabani qabul qilgan bo‘lsa, kelgusi o‘quv yilidan boshlab 1500 nafar talaba... 28.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-28T19:58+0500
2022-10-28T19:58+0500
2022-10-28T19:58+0500
jamiyat
farg‘ona
tibbiyot muassasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1c/29550344_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_6f4cb3a06818f72d967123fa3b28679b.jpg
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Farg‘onada Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti ochildi. Ushbu oliygoh loyihasi uchun tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan 128 milliard so‘m yo‘naltirildi.Universitet viloyatdagi “Meridian Diagnostic Hospital” MChJ muassisligida tashkil etildi.Universitet tibbiyotning eng zarur yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, oliy ta’lim – amaliyot – tibbiy muassasalar uzviy integratsiyasini yo‘lga qo‘yishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.Oliygoh, bu yil davolash ishi, stomatologiya va pediatriya yo‘nalishlarida 600 nafar talabani qabul qilgan bo‘lsa, kelgusi o‘quv yilidan boshlab 1500 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi.Oliygohda respublikada tibbiyot sohasida ko‘zga ko‘ringan professor-o‘qituvchilar, malakali xorijlik mutaxassislar ta’lim berishadi.Ma’lumot uchun, viloyatda oliy ta’lim muassasalari soni 12 taga yetdi. Yaqinda Qo‘qonda oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1c/29550344_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_76b6bd0e3892b031618654ab69a6270e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, farg‘ona, tibbiyot muassasi
jamiyat, farg‘ona, tibbiyot muassasi
Farg‘onada Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti ochildi
Oliygoh, bu yil davolash ishi, stomatologiya va pediatriya yo‘nalishlarida 600 nafar talabani qabul qilgan bo‘lsa, kelgusi o‘quv yilidan boshlab 1500 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Farg‘onada Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti ochildi. Ushbu oliygoh loyihasi uchun tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan 128 milliard so‘m
yo‘naltirildi. Universitet viloyatdagi “Meridian Diagnostic Hospital” MChJ muassisligida tashkil etildi.
Universitet tibbiyotning eng zarur yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, oliy ta’lim – amaliyot – tibbiy muassasalar uzviy integratsiyasini yo‘lga qo‘yishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Oliygoh, bu yil davolash ishi, stomatologiya va pediatriya yo‘nalishlarida 600 nafar talabani qabul qilgan bo‘lsa, kelgusi o‘quv yilidan boshlab 1500 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi.
“Meridian Diagnostic Hospital tarkibida hozirgi kunda viloyatimizda deyarli barcha yo‘nalishlarni qamragan 10 ta tibbiy diagnostik klinikalar faoliyat olib bormoqda. Bu esa talabalar uchun kuchli amaliyot bazasini taqdim etadi”, deyiladi xabarda.
Oliygohda respublikada tibbiyot sohasida ko‘zga ko‘ringan professor-o‘qituvchilar, malakali xorijlik mutaxassislar ta’lim berishadi.
Ma’lumot uchun, viloyatda oliy ta’lim muassasalari soni 12 taga yetdi. Yaqinda Qo‘qonda oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.