Britaniyaliklar Putinning Liz Trass haqidagi fikrini ijobiy baholashdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii Mejdunarodnogo diskussionnogo kluba "Valday"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii Mejdunarodnogo diskussionnogo kluba Valday - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2022
Obuna bo‘lish
The Times gazetasi o‘quvchilari Putinning Liz Trass haqida “bir oz o‘zida bo‘lmagan qiz" degan fikriga qo‘shilishdi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. “Valday” munozara klubida chiqish qilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Liz Trassni ham eslab o‘tdi. Putinning Trass haqidagi fikri The Times gazetasi o‘quvchilari orasida ijobiy baholandi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
Trass matbuot brifinglaridan birida, agar kerak bo‘lsa, yadroviy quroldan foydalanishga tayyor ekanligini aytgan edi. O‘z navbatida, Vladimir Putin “Valday” munozara klubining yalpi majlisida so‘zga chiqib, bosh vazirning ushbu bayonotini esladi va “qiz biroz o‘zida bo‘lmaganini” aytib o‘tdi.
Bu ta’rifga The Times gazetasi o‘quvchilari qo‘shilgan. Ulardan biri “Bu juda kulgili, men hatto Putinning fikriga ham qo‘shilaman”, deb yozmoqda.
"Albatta, Britaniyada Putinning so‘zlarini qadrlashdi va ko‘pchilik uning fikriga qo‘shildi. Uning aqldan ozganligi aniq", deya o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi boshqa sharhlovchi.
"Bu ta’rif unga mos keladi", "Putin to‘g‘ri, u qizil tugmani bosishga tayyorligi haqida gapirganda, u aqldan ozgan edi. Bu odatda davolanadimi ?", “Odam shunday ulkan davlatning bosh vaziri bo‘lishdan oldin ruhiy sinovdan o‘tishi kerakligiga men bir necha bor amin bo‘ldim”, deya xulosa qilishdi foydalanuvchilar.
Yangiliklar lentasi
0