"60-yillar diskotekasi": Ukraina uchun HAWK zenit raketa majmuasi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishBatareya amerikanskix raket PVO Patriot
Batareya amerikanskix raket PVO Patriot - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2022
Obuna bo‘lish
HAWK zenit-raketa majmuasi 1960-yilda AQSh armiyasi tomonidan qabul qilingan va uch marotaba yangilanishdan so‘ng 20-yil oldin foydalanishdan chiqarilgan.
Aleksandr Xrolenko, harbiy sharhlovchi
Maxsus operatsiya doirasida Ukraina harbiy harakatlar teatrida Rossiya ham yerda ham havoda so‘zsiz ustunlik qilmoqda. Kiyev rejimiga yetkazib berilayotgan g‘arb qurollari oqimi asta-sekin qurib bormoqda. So‘nggi qurol yetkazib berishlar urushga ta’sir qilmasdan, ko‘proq marosimga aylanib bormoqda. AQShda ishlab chiqarilgan, 40 km gacha bo‘lgan masofaga zarba berishi mumkin bo‘lgan HAWK havo hujumidan mudofaa tizimi - Ukrainada havo mudofaa tizimini qurishga taqlid qilishning yorqin namunasidir.
Bu haqida Reuters agentligi 25-oktabr kuni Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga “Rossiya dronlari va qanotli raketalarining hujumlaridan o‘zini himoya qilish” uchun HAWK havo mudofaa tizimlarini yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida “eksklyuziv ravishda” xabar berdi.
Bu ma’lumot birinchi bor aytilayotgani yo‘q. 12-oktabrda AQShning Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Mark Milli, boshqa o‘rta masofaga mo‘ljallangan zenit raketa tizimlari bilan birga, HAWKni ham aytib o‘tgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hukumati ushbu ZRT maxsus talab qilingan.
Oradan bir kun o‘tib, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ispaniyadan Kiyevga to‘rtta HAWK tizimi yetkazib berilishini e’lon qildi.
Amerika nechta ZRT yetkazib berishi hozircha noma’lum, lekin ushbu qadimiy sistemasining zamonaviy rus qanotli raketalarini "tutib olish" qobiliyati qanday?
Hatto G‘arb ham "puxta va samarali" deb tan olgan Rossiya Qurolli Kuchlarining yuqori aniqlikdagi havo zarbalari ostida Ukraina Qurolli Kuchlari va NATOning Ukrainadagi infratuzilmasi tezlik bilan yemirilmoqda. Rossiyaga qarshi sanksiyalar va energiya inqirozi fonida Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti asta-sekin tanazzulga yuz tutmoqda. Buning oqibatida G‘arbning Kiyev rejimiga harbiy yordami ham tabiiy ravishda qurib bormoqda.
25 oktabr kuni Ukrainaga tashrifi chog‘ida Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer o‘z hamkasbi Vladimir Zelenskiyning Chernigov yerto‘lasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Kiyevga ikkita MARS raketa tizimi va to‘rtta Panzerhaubitze 2000 o‘ziyurar artilleriya moslamalari berishni va’da qildi - bu 1000 kilometrlik front chizig‘i uchun unchalik ko‘p emas.
Ayni damda G‘arbda AQShning Ukrainadagi mojaroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvi haqidagi munozaralar, birinchi navbatda, Ukraina Qurolli Kuchlarining "halokatli holati" dan dalolat beradi.
Biroq, ayrim amerikaliklar 1944-yil yozida AQSh qo‘shinlari Normandiyaga tushganidan so‘ng, 1945-yil mayigacha oyiga 100 minggacha askar yo‘qotgani - esidan chiqqani yo‘q. Rossiya Federatsiyasining bugungi taktik va strategik yadro qurollari har qanday dushmanga undan ham ko‘proq jangovar yo‘qotishlarni kafolatlaydi. Bugun Rossiya strategik to‘xtatuvchi kuchlarining mashg‘ulotlari davomida "Yars" va "Sineva" qit’alararo ballistik raketalarining amaliy uchirilishi G‘arbga taqdirni sinovga olmaslik kerakligini eslatdi.

Ukraina "yaxshi raqsga tusha olmayapti"

Demokratik kongressmenlarning AQSh prezidenti Jo Baydenga Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazish haqidagi maktubi ommaviy maydonda paydo bo‘ldi va tezda yo‘qoldi - tarix tarozilari chayqalmoqda.
The American Conservative nashriga ko‘ra, "Mojaroda Vashington emas, Moskva kuchayib borayotganini xabar qilmoqda." Ukraina kiyimidagi xorijlik jangchilar va polshalik askarlarsiz Ukraina Rossiyaning qishki hujumiga qarshi tura olishi uchun hech narsasi yo‘q.
So‘nggi ikki-uch oy ichida Ukraina tomonidan o‘tkazilgan qarshi hujumlar oqibatida Ukraina Qurolli kuchlariga tezda almashtirib bo‘lmaydigan o‘n minglab o‘qitilgan harbiy xizmatchilarni yo‘qotdi.
"Noyabr yoki dekabrda Zelenskiy rejimiga boshiga tushishi kerak bo‘lgan rus to‘qmog‘i Ukraina kuchlarining qolgan-qutganini ham yo‘q qiladi", - deb yozadi Amerika nashri.
Ushbu ayanchli xabarlar fonida Pentagon "cho‘kayotgan" Kiyev rejimiga almisoqdan qolgan MIM-23 HAWKni chiroyli taqdim etmoqchi.
HAWK(Homing All-the-Way-Killer) zenit-raketa majmuasi 1960-yilda AQSh armiyasi tomonidan qabul qilingan va uch marotaba yangilanishdan so‘ng 20-yil oldin foydalanishdan chiqarilgan.
Pentagon 1982-yildan buyon asta-sekin Patriot havo mudofaasi tizimiga o‘tdi. Bu tizim ham jangovar xususiyatlar bo‘yicha Sovet hamkasbi "S-300" havo mudofaasi tizimidan sezilarli darajada orqada edi.
HAWK majmuasi dastlab samolyotlarni yo‘q qilish uchun ishlab chiqilgan, keyinchalik raketalarni tutib olish uchun yangilangan. Uning nishonlarga zarba berish maksimal masofasi 40 km, balandligi 18 km. Jangovar kallagining og‘irligi - 75 kg. Bu Kiyev uchun hech qanday yaxshilik va’da qilmaydi, Ukraina Qurolli Kuchlari nishon tanlashda ko‘p adashadi. Majmuaning e’lon qilingan nishonni aniqlash diapazoni 80 km gacha (yoki 110km agar u balanda bo‘lsa).
Havo mudofaasi tizimining bazaviy versiyasi faqat bitta havo nishonini aniqlab unga hujum qilishga qodir edi. Jangovar vaziyatda bunga birinchi bo‘lib isroillik ekipajlar amin bo‘lishdi - ular o‘zlarining Dassault MD450 Ouragan qiruvchi samolyotini adashib urib tushirgan. Bitta raketa bilan nishonni urish ehtimoli 50% deb e’lon qilinadi, ammo 1973-yil Arab-isroil urushi paytida Isroilning HAWK havo mudofaa tizimlari 75 ta raketa bilan atigi 12 ta dushman samolyotini urib tushirgan.
Dronlar va zamonaviy qanotli raketalarga qarshi kurashda ushbu majmuaning samaradorligi hech qanday tarzda isbotlanmagan.
Amerikalik faxriy qurol - bu uzundan uzoq karvondan iborat bo‘lib uning tarkibida transport yuklash mashinalari, bir nechta tortuvchi mashinalar, MIM-23 raketalari yuklangan tirkamalar, Uchta raketali 6 ta uchirish moslamasi, jami 18 ta raketa (12 ta transport konteynerida - yana 36 ta raketa)lardan iborat.
HAWK uchun eng yaxshi vaqtlar o‘tib ketgan. O‘sha zamonlarda majmua ko‘plab miqdorda Yevropa, Osiyo va Afrikaning o‘nlab mamlakatlariga etkazib berilgan edi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, HAWK havo mudofaa tizimi zamonaviy elektron kurash tizimlariga qarshi tura olishi dargumon.
25 oktabr kuni Amerika Strategik va Xalqaro Tadqiqotlar Markazi (CSIS) vakili HAWK majmualari aslida "muzey eksponatlari", ammo havo hujumidan mudofaa tizimlari mavjudligining o‘zi samolyotlar va vertolotlar uchun "to‘xtatuvchi kuch" sifatida foydali bo‘lishi mumkin.
Aftidan, Vashington Kiyevga Patriot kabi zamonaviyroq va qimmatroq havo mudofaa tizimi yetkazib berishga tayyor, biroq uning ortiqchasi yo‘q. Yevropa NATO mamlakatlarida va AQSh hududida havo hujumidan mudofaa-raketaga qarshi mudofaa tizimining obyektiv yo‘qligi Ukraina havo bo‘shlig‘ida "kuch proeksiyasidan" turib harakat qilishga imkon bermaydi.
Qo‘shma Shtatlar Ukraina Qurolli Kuchlariga 25 km gacha masofaga ega bo‘lgan ikkita NASAMS tizimini topshirdi va bu havo mudofaasini simulyatsiya qilish uchun yana bir urinishdir. Ishlab chiqarish vaqt talab etadi, shuning uchun Ukraina Qurolli Kuchlari faqat Norvegiya NASAMS, nemis IRIS-T (biz ularni ilgari ko‘rib chiqdik) va uzoq muddatli saqlash omborlaridan ilgari bekor qilingan ma’lum miqdordagi Amerika HAWK-larining yagona nusxalariga tayanishi mumkin.
Bunday yetkazib berishlar Kiyev rejimining halokat arafasida turganini ta’kidlaydi.
25 oktabr kuni Xorvatiyada so‘zga chiqqan AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi AQSh Ukrainaning harbiy va gumanitar ehtiyojlarini “g‘alabaga qadar” moliyalash va’dasini tasdiqlagan edi. Shubhasiz, Pelosi Rossiyaning g‘alabasini nazarda tutgan.
Harbiy kuzatuvchi Aleksandr Xrolenkoning Telegramd-kanaliga obuna bo‘ling
Yangiliklar lentasi
0