Zaporojye viloyatidagi yo‘llarni qayta tiklash ishlari tunu kun olib borilmoqda - video

Obuna bo‘lish
Zaporojye viloyatini Qrim va DXR bilan bog‘lovchi yo‘ldan mintaqa aholisiga oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg‘i va birinchi zaruriy buyumlarni yetkazib berish uchun foydalaniladi.
Rossiyalik yo‘l quruvchilar Japorojye viloyatidagi yo‘llarni tunu kun qayta tiklashmoqda. Ishlar Melitopol, Berdansk va Xerson viloyati yo‘nalishidagi yo‘llarda olib borilmoqda, deb xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri.
Melitopol — Berdansk yo‘li uchastkasida katta miqdordagi yo‘l-qurilish texnikasi va ishchilar jalb qilingan.
"Biz Zaporojye viloyatining avtomobil-yo‘l tarmoqlarini qayta tiklayapmiz. Ularni Rossiya Federatsiyasi meyorlarida ko‘zda tutilgan holatga keltirapmiz. Hozir mavjud asfalt-beton qoplamalarini frezalash ishlari olib borilmoqda. Keyin asfalt yotqiziladi. Yo‘l uch qatlamdan iborat bo‘ladi: tekislovchi, pastki va yuqori.... Yo‘l quruvchilar uchun bu yerda ishlar hali juda ko‘p", - deydi Rossiyaning yo‘l-qurilish kompaniyalaridan birining vakili Sergey.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ish ikki-uch smenada olib borilyapti. Oldimizga katta vazifa qo‘yilgan: qisqa muddat ichida Zaporojye viloyatining yo‘l tarmog‘ining katta qismini qayta tiklash.
"Bu juda muhim, shu bois deyarli tunu kun ishlayapmiz", - deya qo‘shimcha qildi u.
Zaporojye viloyatini Qrim va DXR bilan bog‘lovchi yo‘ldan mintaqa aholisiga oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg‘i va birinchi zaruriy buyumlarni yetkazib berish uchun foydalaniladi. Shuningdek, Melitopol orqali o‘tgan yo‘l ozod qilingan Xerson viloyatini Rossiyaning boshqa mintaqalari bilan bog‘laydi.
Yangiliklar lentasi
0