“Xotira poyezdi” butun MDH loyihasiga aylanishi mumkin - Konstantin Kosachov

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovKonstantin Kosachov, zamestitel predsedatelya Soveta Federatsii
Konstantin Kosachov, zamestitel predsedatelya Soveta Federatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2022
Obuna bo‘lish
“Xotira poyezdi” maktab o‘quvchilariga Ulug‘ Vatan urushi voqealari bilan bog‘liq bo‘lgan 15 ta shaharga sayohat qilish imkonini beradi – tafsilotlar.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. MDHning barcha davlatlarida 2024-yilga borib “Xotira poyezdi” loyihasi ishga tushiriladi. Bu haqida Federatsiya Kengashi raisining o‘rinbosari Konstantin Kosachov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Konstantin Kosachovning so‘zlariga ko‘ra, “Xotira poyezdi” loyihasi bu yil ishga tushirildi.
“Mazkur loyiha, ayniqsa, yosh avlod uchun juda muhim. Biz bu butun Hamdo‘stlik loyihasiga aylanishini juda istardik” deydi Konstantin Kosachov.
Uning so‘zlariga ko‘ra loyiha bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
“Biz 5 - 10 - 15 sxema bo‘yicha borishni taklif qilamiz. Ya’ni bu yil ikki tomonlama loyiha (Rossiya-Bellorus), kelasi yili 5 ta davlat (+Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Armaniston), 2024-yilda esa - MDHning barcha 10 davlati”, deydi u.
Qayd etilishicha, 2025-yilda ushbu loyihaga Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 80-yilligi munosabati o‘sha paytda ittifoqdosh bo‘lgan mamlakatlar (Ukraina, Gruziya va uchta Boltiqbo‘yi mamlakati) ham taklif etiladi.
Ma’lumot uchun, “Xotira poyezdi” Rossiya va Belarussning keng ko‘lamli harbiy-vatanparvarlik loyihasidir. Ikki davlat maktab o‘quvchilari tarixi Ulug‘ Vatan urushi voqealari bilan bog‘liq bo‘lgan 15 ta shaharga sayohat qilmoqda. Ular ota-bobolari o‘z vatanini himoya qilish uchun kurashgan joylarni ziyorat qilishadi.
Yangiliklar lentasi
0