Valentina Matviyenko Sodiq Safoyevga faxriy ko‘krak nishonini topshirdi - video

© Oliy Majlis SenatiSodiq Safoyev
Sodiq Safoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2022
Obuna bo‘lish
Sodiq Safoyev Rossiya “Parlamentarizm sohasidagi xizmatlari uchun” oliy mukofoti bilan taqdirlandi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga “Parlamentarizm sohasidagi xizmatlari uchun” faxriy ko‘krak nishonini topshirdi, deya xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Sodiq Safoyev Rossiya “Parlamentarizm sohasidagi xizmatlari uchun” oliy mukofoti bilan taqdirlandi.
Sodiq Safoyev 1954-yil 3-fevralda Toshkentda tug‘ilgan. U 1976-yil Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, ushbu muassasada o‘qituvchilikdan mehnat faoliyatini boshlagan.
U faoliyati davomida qator idora va vazirliklarda mas’ul lavozimlarda ishlagan. Xususan, O‘zbekiston prezidenti devonining xalqaro iqtisodiy aloqalar bo‘limida yetakchi konsultant, bo‘lim mudiri, Tashqi ishlar vaziri, bir qator xorijiy davlatlarda mamlakatning favqulodda va muxtor elchisi, prezidentning davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi, Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Safoyev 2015-yildan Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari.
Yangiliklar lentasi
0