Rossiyaliklar Yangi yilda sayohat qilish uchun O‘zbekistonni tanlashmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSalyut v Samarkande
Salyut v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rossiyalik sayohatchilar Yangi yil ta’tilini o‘tkazishni rejalashtirayotgan mamlakatlar TOP-5 taligiga kirdi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Markaziy Osiyo rossiyalik sayohatchilar Yangi yil ta’tilini o‘tkazishni rejalashtirayotgan eng mashhur yo‘nalishlardan biri bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti OneTwoTrip ma’lumotlariga tayangan holda xabar berdi.
Xizmat tahlilchilari 2022-yil 31-dekabridan 2023-yil 8-yanvargacha bo‘lgan davrda band qilingan sayohat ma’lumotlarini o‘rganib chiqishgan.
Tailand reytingning eng yuqorisida qayd etilgan – qish ta’tili davrida band qilingan sayohatlarning qariyb 15 foizi unga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinda Vyetnam. 11 foiz sayohatchi bu mamlakatni tanlagan. 10 foiz bilan Qozog‘iston uchinchi pog‘onada.
Turkiya 2021-yilgi reytingning birinchi o‘rnidan to‘rtinchi o‘ringa tushgan. O‘zbekiston esa beshinchi o‘rinda. Bu har ikki mamlakatga sayohatchilarning 6-8 foizi borishni rejalashtirgan.
Keyingi o‘rinlarda mos ravishda Indoneziya (5,5 foiz), BAA va Isroil (4 foiz), Armaniston va Serbiya (3 foiz) joylashgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida 3,6 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Shulardan 395,1 ming nafari Rossiyadan kelgan.
Yangiliklar lentasi
0