Rossiyalik jurnalistlar O‘zbekistonda tashkil etilgan xalqaro forumida ishtirok etishdi

© O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi “SO‘Z” xalqaro forumi
“SO‘Z” xalqaro forumi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2022
Obuna bo‘lish
Moskva Davlat universitetining jurnalistika fakulteti dekan o‘rinbosari yangi media muhiti sharoitida jurnalistikaning asosiy vazifalari, birinchi navbatda, milliy miqyosdagi jamoat vazifalarini bajarish bo‘lib qolishi kerakligi aytdi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekistonda zamonaviy jurnalistikaning dolzarb muammolarini muhokama etish va bu borada xalqaro ekspertlar tajribasini o‘rganish maqsadida “SO‘Z” xalqaro forumi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, forum doirasida Toshkent, Farg‘ona va Samarqand shaharlarida qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Unda Rossiya, Turkiya, Xitoy, Tojikiston, Qirg‘iziston, Isroil, Yaponiya, Koreya davlatlaridan 10 ga yaqin xalqaro ekspertlar, O‘zbekiston media olami vakillari, nodavlat tele va radiokanallar rahbarlari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlariga ko‘ra, ishtirokchilar hozirgi kunda jurnalistika talablariga javob beruvchi materiallar yaratish va uni sifatli axborotga aylantirish masalasiga asosiy e’tiborni qaratishdi.

“Ushbu konferensiyaga 11ta davlatdan jurnalistlar keldi. Bu media olamining juda tez rivojlanayotganini anglatadi. Hozir axborotning chegarasi qolmadi, internet paydo bo‘ldi va globallashuv dunyo axborot makonini bitta ritmda urishga majbur qilmoqda”, - deydi Sherzodxon Qudratxo‘ja.

Tadbirda Moskva Davlat universitetining jurnalistika fakulteti dekan o‘rinbosari Olga Smirnova va Leningrad televideniyasi bosh direktori Oleg Viktrivich Chernix ham ishtirok etdi.
Olga Smirnovaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya OAVlari allaqachon 24/7 rejimida ishlamoqda.

“Bosma va raqamli platformalardan foydalangan holda zamonaviy rus jurnalistikasi 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda. Rossiyaning asosiy xususiyatlaridan biri uning keng hududi, shuningdek, geografik va madaniy-etnik xilma-xilligidir. Shuning uchun, milliy respublikalar va viloyatlar, shaharlar va alohida viloyatlar matbuotini o‘z ichiga olgan mintaqaviy jurnalistika mahalliy muammolarni aholiga yetkazish, ularni muhokama qilishga jamoatchilikni jalb etish va ularni hal etish yo‘llarini izlash kabi muhim vazifalarni bajaradi”, - deydi Olga Smirnova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, raqamlashtirish yangi imkoniyatlarni taqdim etish bilan birga, yangi muammolarni ham keltirib chiqaradi. Yangi media muhiti sharoitida jurnalistikaning asosiy vazifalari, birinchi navbatda, milliy miqyosdagi jamoat vazifalarini bajarish bo‘lib qolishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0