https://oz.sputniknews.uz/20221027/rossiya-bilan-munosabatlar-ozbekiston-tashqi-siyosatining-poydevori-hisoblanadi--safoev-29516716.html
Rossiya bilan munosabatlar O‘zbekiston tashqi siyosatining poydevori hisoblanadi – Safoyev
Rossiya bilan munosabatlar O‘zbekiston tashqi siyosatining poydevori hisoblanadi – Safoyev
Sputnik O‘zbekiston
Senatorning so‘zlariga ko‘ra ikki mamlakat do‘stona aloqalar xarakteridagi an’anaviy uchrashuvlar doirasidan chiqib, aniq amaliy masalalarni muhokama qilishga o‘tdi. 27.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-27T18:05+0500
2022-10-27T18:05+0500
2022-10-27T18:05+0500
siyosat
sodiq safoyev
mdh
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1b/29512269_0:0:2599:1463_1920x0_80_0_0_3ce70db7c6982f10e9f010c95a6424c3.jpg
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya bilan munosabatlar O‘zbekiston tashqi siyosatining poydevori hisoblanadi. Bu haqida Oliy Majlis Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Samarqandda o‘tayotgan MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzgi sessiyasida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Sputnik muxbiri.Sodiq Safoyevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bilan munosabatlar barcha sohalardagi tashqi siyosatning poydevori hisoblanadi.U o‘z so‘zida parlamentlararo muloqot ikki tomonlama munosabatlar dinamikasi kontekstiga mos kelishini ta’kidlab o‘tdi.Qayd etilishicha, pandemiya davrida Senat tomonidan Federatsiya Kengashi rahbariyatiga o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun muayan qiyinchilik tug‘dirayotgan vaziyatga aralashish iltimosi bilan murojaat qilgangan. Bunga javoban Valentina Matviyenko darhol munosabat bildirgan.Eslatib o‘tamiz, bugun Samarqandda MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzgi sessiyasining tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. MDH PA Kengashining majlisida parlament delegatsiyalari rahbarlari hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi. Unda 2022-yilda o‘tkaziladigan tadbirlar yakunlari sarhisob qilindi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1b/29512269_0:0:2599:1949_1920x0_80_0_0_7f6fa8d081ae1db98fce0de6db596884.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, sodiq safoyev, mdh, samarqand
siyosat, sodiq safoyev, mdh, samarqand
Rossiya bilan munosabatlar O‘zbekiston tashqi siyosatining poydevori hisoblanadi – Safoyev
Senatorning so‘zlariga ko‘ra ikki mamlakat do‘stona aloqalar xarakteridagi an’anaviy uchrashuvlar doirasidan chiqib, aniq amaliy masalalarni muhokama qilishga o‘tdi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya bilan munosabatlar O‘zbekiston tashqi siyosatining poydevori hisoblanadi. Bu haqida Oliy Majlis Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Samarqandda o‘tayotgan MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzgi sessiyasida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda
Sputnik muxbiri.
Sodiq Safoyevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bilan munosabatlar barcha sohalardagi tashqi siyosatning poydevori hisoblanadi.
“Biz rossiyalik hamkasblarimiz bilan qonunchilik bazasini takomillashtirish, siyosiy va iqtisodiy sohalarni modernizatsiya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli hamkorlikni intiqlik bilan kutamiz”,- deydi Sodiq Safoyev.
U o‘z so‘zida parlamentlararo muloqot ikki tomonlama munosabatlar dinamikasi kontekstiga mos kelishini ta’kidlab o‘tdi.
“Biz aloqalarimiz amalda tizimli tus olganini yuksak qadrlaymiz. Ikki tomonlama munosabatlarimiz o‘tmishdagi ko‘proq do‘stona aloqalar xarakteridagi an’anaviy uchrashuvlar doirasidan chiqib, aniq amaliy masalalarni muhokama qilishga o‘tdi”, - deydi u.
Qayd etilishicha, pandemiya davrida Senat tomonidan Federatsiya Kengashi rahbariyatiga o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun muayan qiyinchilik tug‘dirayotgan vaziyatga aralashish iltimosi bilan murojaat qilgangan. Bunga javoban Valentina Matviyenko darhol munosabat bildirgan.
“Bizning vazifamiz yangi O‘zbekiston har tomonlama raqobatbardosh bo‘lishi uchun shunday shart-sharoit yaratishdir. Islohotlarning birinchi bosqichi ancha muvaffaqiyatli bo‘ldi. Davlat organlari faoliyatining ochiqligi oshdi, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati faoliyati jonlandi”, - deydi Sodiq Safoyev.
Eslatib o‘tamiz, bugun Samarqandda MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzgi sessiyasining tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. MDH PA Kengashining majlisida parlament delegatsiyalari rahbarlari hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi. Unda 2022-yilda o‘tkaziladigan tadbirlar yakunlari sarhisob qilindi.