O‘zbekiston va Rossiya tadbirkor ayollar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi – Narbayeva

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2022
Obuna bo‘lish
MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzgi sessiyasida Senat raisi Tanzila Narbayeva ikki mamlakat o‘rtasida amalga oshiriladigan navbatdagi hamkorlik yo‘nalishlari haqida gapirdi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya bizning ustuvor strategik hamkorimiz va ishonchli ittifoqdoshimizdir. Bu haqida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Samarqandda o‘tayotgan MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzgi sessiyasida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

"Ikki mamlakat prezidentlari o‘rtasidagi ishonchli muloqot tufayli bugungi kunda an’anaviy do‘stona munosabatlarimiz izchil yangi, yuksak bosqichga ko‘tarildi. Rossiya bizning ustuvor strategik hamkorimiz va ishonchli ittifoqchimiz”, - deydi Tanzila Narbayeva.

Narbayeva O‘zbekiston-Rossiya ko‘p qirrali munosabatlari, jumladan, BMT, ShHT, MDH va boshqa xalqaro platformalarda jadal rivojlanayotganini ta’kidladi.
U bunga misol tariqasida yaqinda Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti doirasida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab berilganini keltirdi.
Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun Narboyeva noyabr oyida Samarqandda mintaqalar uchinchi forumini o‘tkazishni qo‘llab-quvvatladi va uning ishida rossiyalik deputatlar va mahalliy deputatlar faol ishtirok etishiga umid bildirdi.

"Biz parlamentlararo hamkorlikni Rossiya bilan davlatlararo munosabatlarning muhim tarkibiy qismi deb bilamiz. Ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish zarurligini ko‘rmoqdamiz", - deydi Narbayeva.

Bundan tashqari, Narbayeva keyingi ikki tomonlama hamkorlikning quyidagi asosiy jihatlariga to‘xtalib o‘tdi:
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
Yoshlar va gumanitar hamkorlik yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish;
Rossiya va O‘zbekistondagi tadbirkor ayollar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan, o‘zbekistonlik tadbirkor ayollarning “Eksportda ayollar” dasturida ishtirok etishi, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash (Rossiya Federatsiyasi hududida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolarining homilador ayollar va yangi tug‘ilgan bolalarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolash).
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning birinchi choragida Toshkentda yengil sanoat sohasida eksportchi ayollar uchun ishbilarmonlik missiyasi bo‘lib o‘tadi. Rossiya eksport markazi bosh direktori Veronika Nikishina ma’lum qilishicha, uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarini yanada yo‘lga qo‘yish maqsadida nafaqat rossiyalik tadbirkor ayollarning, balki o‘zbek tadbirkorlarining ham mahalliy tadbirkorlar bilan o‘zaro hamkorligi kengaytirilishi rejalashtirilgan.
Ishbilarmonlik missiyasi davomida rossiyalik ishbilarmon ayollar mahalliy mato va aksessuarlar ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurishadi, ikki mamlakat tadbirkor ayollari o‘rtasidagi biznes-forumda ishtirok etishadi, shaxsiy va uzoq muddatli biznes aloqalarini o‘rnatadi.
Yangiliklar lentasi
0