https://oz.sputniknews.uz/20221027/ozbekiston-mamlakatda-eron-dronlari-ishlab-chiqarilayotgani-haqidagi-xabarni-inkor-etdi-29519309.html
O‘zbekiston mamlakatda Eron dronlari ishlab chiqarilayotgani haqidagi xabarni inkor etdi
O‘zbekiston mamlakatda Eron dronlari ishlab chiqarilayotgani haqidagi xabarni inkor etdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘z navbatida, TIV Ukraina hukumatiga OAVda O‘zbekiston to‘g‘risida asossiz ayblovlar tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi. 27.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-27T17:37+0500
2022-10-27T17:37+0500
2022-10-27T17:37+0500
siyosat
o‘zbekiston
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24768086_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_badcc6a5969c9b0c048536938095d1b7.jpg
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi mamlakatda Eron jangovar uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) ishlab chiqarilishi to‘g‘risidagi xabarlarni qat’iy inkor etdi.Avvalroq internet tarmog‘ida ukrainalik jurnalist va bloger Dmitriy Gordon* (Rossiyada xorijiy agent deb topilgan) isroillik tadbirkor Leonid Nevzlin bilan intervyuda go‘yoki O‘zbekistonda Ukrainadagi harbiy harakatlarda qo‘llanilayotgan Eron dronlari ishlab chiqarish (yig‘ish) yo‘lga qo‘yilganini iddao qilgan edi.Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi OAV orqali tekshirilmasdan turib tarqatilayotgan bu kabi xabarlar jamoatchilik e’tiborini yolg‘on ma’lumotlar bilan chalg‘itishi hamda O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan do‘stona munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga sabab bo‘lishi mumkin deb hisoblashini ta’kidlagan.O‘zbekiston TIV ham bu xabarlarni inkor etib, Ukraina hukumatiga OAVda O‘zbekiston to‘g‘risida asossiz ayblovlar tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi.Vazirlik hozirgi vaqtgacha Ukraina tomonidan ham, boshqa xorijiy hamkorlardan ham “Eron dronlarini yig‘ish” masalasi bo‘yicha rasmiy murojaatlar kelib tushmaganini qayd etgan.
o‘zbekiston
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24768086_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_0e5f7e03d424250225c523140462e9f4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, ukraina
siyosat, o‘zbekiston, ukraina
O‘zbekiston mamlakatda Eron dronlari ishlab chiqarilayotgani haqidagi xabarni inkor etdi
O‘z navbatida, TIV Ukraina hukumatiga OAVda O‘zbekiston to‘g‘risida asossiz ayblovlar tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi mamlakatda Eron jangovar uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) ishlab chiqarilishi to‘g‘risidagi xabarlarni
qat’iy inkor etdi. Avvalroq internet tarmog‘ida ukrainalik jurnalist va bloger Dmitriy Gordon* (Rossiyada xorijiy agent deb topilgan) isroillik tadbirkor Leonid Nevzlin bilan intervyuda go‘yoki O‘zbekistonda Ukrainadagi harbiy harakatlarda qo‘llanilayotgan Eron dronlari ishlab chiqarish (yig‘ish) yo‘lga qo‘yilganini iddao qilgan edi.
“Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston hozirgi kunga qadar hech qachon Eron tomoni bilan hamkorlikda qurol-yarog‘ va harbiy texnika ishlab chiqarmaganligini va hozirgi kunda ham ishlab chiqarmayotganini ma’lum qiladi”, - deyilgan xabarda.
Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi OAV orqali tekshirilmasdan turib tarqatilayotgan bu kabi xabarlar jamoatchilik e’tiborini yolg‘on ma’lumotlar bilan chalg‘itishi hamda O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan do‘stona munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga sabab bo‘lishi mumkin deb hisoblashini ta’kidlagan.
O‘zbekiston TIV ham bu xabarlarni inkor etib, Ukraina hukumatiga OAVda O‘zbekiston to‘g‘risida asossiz ayblovlar tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi.
Vazirlik hozirgi vaqtgacha Ukraina tomonidan ham, boshqa xorijiy hamkorlardan ham “Eron dronlarini yig‘ish” masalasi bo‘yicha rasmiy murojaatlar kelib tushmaganini qayd etgan.
“Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ukraina rasmiy hukumatiga Ukraina ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston to‘g‘risida ikki tomonlama munosabatlarga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan bunday asossiz ayblovlar va boshqa ishonchsiz ma’lumotlar tarqatilishining oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishni so‘rab murojaat qiladi”, - deyiladi
rasmiy bayonotda.