Oq uyning sobiq xodimi Putin AQShning Qrimga oid rejalarini qanday barbod qilganini aytdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin. Arxivnoe foto
Prezident RF Vladimir Putin. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2022
Obuna bo‘lish
Oq uyning sobiq xodimi Roberts: Putin AQShning Rossiyani dengizga chiqish imkoniyatlaridan mahrum qilmoqchi bo‘lgan rejalarini barbod qildi
TOShKENT, 27 okt - Sputnik Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning Rossiyani Qora dengizga chiqish imkoniyatlaridan mahrum qilish rejalarini barbod qildi, deb yozadi Ronald Reygan administratsiyasi davrida Oq uy xodimi bo‘lgan Pol Kreyg Roberts o‘z saytida.
Amerikalik amaldor Moskva 2014-yilda yarim oroldagi harbiy-dengiz bazalarini ijaraga olganini eslatdi. Uning aytishicha, Kiyevdagi davlat to‘ntarishlaridan so‘ng Rossiya yetakchisi mamlakat manfaatlariga tahdid soladigan xavf-xatarlarni oldindan ko‘ra bilgan.
“Putin Amerikaning Ukrainadagi yangi qo‘g‘irchoq hukumati ijara shartnomasini bekor qilishi, shu bilan Rossiyaning Qora dengiz, undan keyin esa O‘rta yer dengiziga chiqish yo‘llaridan mahrum qilishini anglab yetadigan darajada sergak edi”, - deydi Roberts.
Oq uy sobiq xodimining aytishicha, Putin Qrim va Sevastopoldagi referendumlardan so‘ng ushbu hududlarni Rossiya tarkibiga kiritishga rozilik berib to‘g‘ri yo‘l tutgan.

“Qrimning 97% aholisi Rossiya tarkibiga kirishga rozilik bildirgan. Putin yarim orol aholisining talabini qabul qildi”, - deyiladi maqolada.

SSSR parchalangandan so‘ng Qora dengiz floti Kiyev hukumati shikoyatlariga qaramasdan, Rossiya Qurolli kuchlari tarkibida qoldi. Ushbu masala nihoyat 1997-yilda Rossiya va Ukraina prezidentlari Boris Yelsin hamda Leonid Kuchma tomonidan imzolangan do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi “Katta shartnoma” doirasida hal qilindi.
Shartnoma tarkibida, jumladan, Qora dengiz flotining bo‘linish parametrlari, uning Qrim hududida bo‘lish shartlarini va bazalar joylashtirish bilan bog‘liq moliyaviy masalalarni tartibga soluvchi uchta hujjatni o‘z ichiga olgan.
2010 yilda Rossiya va Ukraina prezidentlari 2017-yildan boshlab Qrimdagi Qora dengiz floti kemalari bazalarini ijaraga berish muddatini 25-yilga uzaytirish bo‘yicha Xarkov kelishuvlarini imzolashdi. 2014-yil Qrim qaytarilgandan so‘ng, Rossiya tomoni barcha to‘rt shartnomaning amal qilishi tugaganini ma’lum qildi
Yangiliklar lentasi
0