MDH parlamentariylari bir qator ekologik qonunlarni qo‘llab-quvvatlashdi

© MDH Parlamentlararo AssambleyasiMDH Parlamentlararo Assambleyasi
MDH Parlamentlararo Assambleyasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2022
Obuna bo‘lish
MDH PA huzurida Ekologiya va tabiatdan foydalanish bo‘yicha Ekspert kengashini tashkil etiladi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari parlamentariylari bir qator ekologik qonunlarni qo‘llab-quvvatlashdi. Bu haqida Samarqandda o‘tayotgan MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzgi sessiyasida ma’lum qilindi.
Sessiya doirasida MDH PA Agrar siyosat, tabiiy resurslar va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Komissiya ishida O‘zbekiston, Rossiya Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston qonun chiqaruvchilari ishtirok etdi.
MDH PA Kengashi Bosh kotibi Dmitriy Kobitskiy tomonidan taqdim etilgan Doimiy komissiya deputatlari lavozimiga deputat Mixail Zabelin va Rossiya Federatsiyasi senatori Viktor Novojilov nomzodlari bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Viktor Novojilov o‘z hamkasblariga “Ekologik xavfsizlik to‘g‘risida”, “Ekologik axborotdan foydalanish to‘g‘risida”, “Ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari to‘g‘risida”, “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi namunaviy qonunlarning yangi tahriri loyihalarini taqdim etdi.
Parlament a’zolari qonun loyihalarini ma’qullashdi. Hujjatlar Assambleya yalpi majlisida ko‘rib chiqish uchun MDH PA Kengashiga yuboriladi.
Assambleya tomonidan qabul qilingandan namunaviy qonunlar qonun ijodkorligida foydalanish uchun milliy parlamentlarga taqdim etiladi. Bu amaliyot Hamdo‘stlik mamlakatlari huquqiy tizimlarini uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
Komissiya a’zolari MDH PA huzurida Ekologiya va tabiatdan foydalanish bo‘yicha Ekspert kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifni qo‘llab-quvvatlashdi. Mazkur taklif MDH PA Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Ishtirokchilar shuningdek, 2023-yil kuzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Tog‘li hududlarni barqaror rivojlantirish” xalqaro forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini ham muhokama qilishdi. Uning maqsadi hamkorlikni kengaytirish, tog‘li hududlarni barqaror rivojlantirish sohasida ijobiy jahon tajribasini integratsiyalashuviga ko‘maklashishdan iborat.
Tadbir 2027-yilda Qirg‘iziston poytaxtida “Bishkek+25” ikkinchi tog‘ sammitini tashkil etish yo‘lidagi qadamlardan biri bo‘ladi.
Parlament a’zolariga may oyida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan X Nevskiy xalqaro ekologik kongressiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ham ma’lumot berildi.
Yangiliklar lentasi
0