https://oz.sputniknews.uz/20221027/mb-raisi-rossiya-bilan-hamkorlik-taraqqiyotimizga-ijobiy-tasir-korsatishda-davom-etadi-29514428.html
MB raisi: Rossiya bilan hamkorlik taraqqiyotimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda davom etadi
MB raisi: Rossiya bilan hamkorlik taraqqiyotimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda davom etadi
Sputnik O‘zbekiston
Nurmurodov mamlakatning rivojlangan davlatlar bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlarni amalga oshirishi bu tendensiyaga aylanib bo‘lganini ta’kidladi. 27.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-27T16:42+0500
2022-10-27T16:42+0500
2023-04-05T18:41+0500
iqtisod
o‘zbekiston
markaziy bank
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1b/29514099_0:240:1280:960_1920x0_80_0_0_615eaf29e1c3cf59f121e7ef8c22b9fe.jpg
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya va Xitoy davlatlari bilan hamkorlik O‘zbekiston taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda davom etadi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurodov ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.Ta’kidlanishicha, 2023-yilda iqtisodiy o‘sish darajasi real hisobda 4,5-5 foiz atrofida, 2024-yilda 5-6 foiz va 2025-yilda 6-6,5 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.Qayd etish joizki, keyingi yillarda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya sherikligi misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarildi.O‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalar kengayib bormoqda. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan tovar ayirboshlash ikki barobardan ziyod ko‘paydi, o‘tgan yetti oyda esa o‘zaro savdo 30 foizdan ortiq o‘sdi. E’tiborlisi, ikki tomonlama savdo hajmining 70 foizi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlardan iborat.Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil 1-oktabr holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 768 tani tashkil etgan. Rossiya 18,7% ulushi bilan ular soni bo‘yicha yetakchi – 2 764 ta.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1b/29514099_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_3a50671bea74b00a67665569d6862fe3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, markaziy bank, rossiya
iqtisod, o‘zbekiston, markaziy bank, rossiya
MB raisi: Rossiya bilan hamkorlik taraqqiyotimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda davom etadi
16:42 27.10.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Nurmurodov mamlakatning rivojlangan davlatlar bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlarni amalga oshirishi bu tendensiyaga aylanib bo‘lganini ta’kidladi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya va Xitoy davlatlari bilan hamkorlik O‘zbekiston taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda davom etadi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurodov ma’lum qildi, deb xabar berdi
Sputnik muxbiri.
Ta’kidlanishicha, 2023-yilda iqtisodiy o‘sish darajasi real hisobda 4,5-5 foiz atrofida, 2024-yilda 5-6 foiz va 2025-yilda 6-6,5 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
“Ayrimlar O‘zbekiston moliyaviy munosabatlari Rossiya va Xitoy bilan aloqasini ularga qaramlik deb baholamoqda, ammo bu noto‘g‘ri. Hozirgi global sharoitda mamlakatning rivojlangan davlatlar bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlarni amalga oshirishi bu tendensiyaga aylanib bo‘ldi. Tan olish kerakki, Rossiya va Xitoy davlatlari bilan hamkorligimiz mamlakatimiz taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda davom etadi”, - dedi Nurmurodov.
Qayd etish joizki, keyingi yillarda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya sherikligi misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarildi.
O‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalar kengayib bormoqda. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan tovar ayirboshlash ikki barobardan ziyod ko‘paydi, o‘tgan yetti oyda esa o‘zaro savdo 30 foizdan ortiq o‘sdi. E’tiborlisi, ikki tomonlama savdo hajmining 70 foizi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlardan iborat.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil 1-oktabr holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 768 tani tashkil etgan. Rossiya 18,7% ulushi bilan ular soni bo‘yicha yetakchi – 2 764 ta.