Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 26-oktabrning asosiy xabarlari

© AP Photo / Kostiantyn LiberovUkrainskie voyennie. Arxivnoe foto
Ukrainskie voyennie. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli kuchlari va yollanma askarlar LXR, DXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari hududlarida hujumga o‘tishda davom etishdi. Barcha hujumlar qaytarildi, dushman yirik talofotlar bilan chekindi.
TOShKENT, 27 okt - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borliayotgan maxsus harbiy operatsiyaga oid 26-oktabrning asosiy xabarlari.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti

Kupansk yo‘nalishida Ukraina QKlari batalon taktik guruhi va umumiy soni 500 kishigacha bo‘lgan xorijiy yollanma askarlar bilan birga Rossiya qo‘shinlarining Lugansk Xalq Respublikasining Kuzemovka aholi punktiyaqinidagi pozitsiyalariga ketma-ket besh marta hujum uyushtirdi. Barcha hujumlar qaytariladi, artilleriya, hujum samolyotlari va og‘ir o‘t ochish tizimlaridan foydalanildi. Dushman 160 dan ortiq jangari, beshta tank, to‘qqizta zirhli jangovar mashina va 10 ta pikap yo‘qotib o‘z pozitsiyalariga qaytdi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida ️Rossiya qo‘shinlarining faol harakatlari natijasida 70 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita tank, beshta piyoda askar jangovar mashinasi, bir bronetransportor va beshta pikap yo‘q qilindi.
Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida dushman ikkita batalon taktik guruhidan iborat kuchlari bilan Xerson viloyatining Ishenko, Bruskinskoe, Patixatka va Koshara aholi punktlari yo‘nalishlarida muvaffaqiyatsiz hujumga urinishdi. Mag‘lubiyat natijasida 125 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, yettita zirhli jangovar texnika va 13 ta mashina yo‘q qilindi.
Armiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriya tomonidan Donesk Xalq Respublikasining Artemovsk va Zaporoje viloyatidagi Konstantinovka aholi punktlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining ikkita qo‘mondonlik punktiga, shuningdek, 59 ta artilleriya bo‘linmalariga va 177 ta joylashuv nuqtalariga zarba berildi.
Xarkov viloyatining Prikolotnoe qishlog‘i hududida Ukraina qo‘shinlari guruhining aloqa markazi vayron qilindi. Dnepropetrovsk shahri yaqinida neft ombori vayron qilingan, undan Donbassdagi bir guruh qo‘shinlarga dizel yoqilg‘isi yetkazib berilgan.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari Yegorovka, Zeleniy Gay, Pavlovka, Nikolskoe, Zavitne Bajannya, Donetsk Xalq Respublikasining Kirillovka, Lugansk Xalq Respublikasining Poltava, Novayark Tarasovka aholi punktlari hududlarida kuniga 10 ta Ukraina uchuvchisiz uchish apparatlarini yo‘q qildi.
Bundan tashqari, Xerson viloyatining Burgunka, Olgovka, Nikolayevka, Novaya Kaxovka, Ponyatovka, Nikolskoe va Lugansk Xalq Respublikasining Novonikolskoe aholi punktlari hududlarida Amerikaning HIMARS raketa tizimining 13 ta snaradlari urib tushirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukrainaning jami 326ta samolyoti, 162 ta vertoloti, 2349 ta uchuvchisiz uchish apparati, 383 ta zenit-raketa majmuasi, 6084 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikasi, 874 ta raketa tizimiga 3527 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 6791 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0