Ukraina davlat sifatida mavjudlilik qobiliyatini yo‘qotdi – Volodin

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishVacheslav Volodin
Vacheslav Volodin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Davlat dumasi spikerining fikricha, Ukraina NATO tomonidan bosib olingan, mamlakat AQShning mustamlakasiga aylangan.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Ukraina davlat sifatida mavjudlilik qobiliyatini yo‘qotdi, mamlakat “NATO tomonidan bosib olingan” va “AQSh mustamlakasi”ga aylangan. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin ta’kidladi.

“Ukrainadagi vaziyat haqida. Mustaqillikning butkul yo‘qolishi. Ukraina NATO tomonidan bosib olingan. Mamlakat AQShning mustamlakasiga aylangan. Kiyevga Vashingtondan buyruq berilyapti. Ukraina Qurolli kuchlari Pentagon tomonidan nazorat qilinadi”, deb yozdi Volodin o‘zining Telegram kanalida.

Davlat dumasi spikeri, shuningdek, Ukrainaning “iqtisodiyoti qulashi” haqida gapirib, mamlakat “moliya tizimi vayron bo‘lgan”ini ta’kidladi. U Ukrainaning 100 milliard dollardan ortiq to‘plangan qarzlari bo‘yicha foizlar har kuni ortib borayotganini ham qo‘shimcha qildi.

“Ukraina davlat sifatida mavjudlilik qobiliyatini yo‘qotdi”, - deya xulosa qildi siyosatchi.

Yangiliklar lentasi
0