Toshkentda Sharof Rashidovga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tadi

© SputnikSharaf Rashidov, perviy sekretar SK KP Uzbekistana, chlen Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR
Sharaf Rashidov, perviy sekretar SK KP Uzbekistana, chlen Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2022
Obuna bo‘lish
Ekspozitsiyada taniqli siyosatchining hayoti va xorijiy safarlaridan olingan suratlar taqdim etiladi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Toshkent Fotosuratlar uyida “Sharof Rashidov – siyosatchi va diplomat” fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining sobiq birinchi kotibi tavalludining 105-yilligiga bag‘ishlangan ekspozitsiyada Sharof Rashidovning 1950-1983 yillardagi xorijiy safarlaridan olingan noyob va ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan fotosuratlar taqdim etiladi.
Taniqli olimlar, siyosatshunoslar, yozuvchilar Rashidov hayoti va ijodi haqida so‘z yuritishadi.
Ma’lumot uchun, Sharof Rashidov — sovet partiya yetakchisi, 1959—1983 yillarda O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimida ishlagan. 1962-yilda u Karib dengizi inqirozini hal qilish bo‘yicha muzokaralarda Sovet delegatsiyasiga rahbarlik qildi, 1970-yildan SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi a’zosi bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0