Samarqandda O‘zbekiston–Rossiya 3-ta’lim forumi boshlandi

© Xalq ta’limi vazirligiO‘zbekiston–Rossiya 3-ta’lim forumi
O‘zbekiston–Rossiya 3-ta’lim forumi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2022
Obuna bo‘lish
Forumda O‘zbekiston va Rossiya tomonidan 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar mas’ullari ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Samarqandda O‘zbekiston–Rossiya 3-ta’lim forumi o‘z ishini boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Dastlabki muzokaralarda Rossiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari, vazirlik vakillari va O‘zbekiston rektorlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik, ikki tomonlama loyihalar muhokama qilindi.
Ushbu muzokaralar va maslahatlashuvlar natijasi Rossiyada rivojlangan texnologik ishlab chiqarish sohalari tajribasini O‘zbekiston oliygohlariga tatbiq etishga qaratiladi.
Osiyo universitetlari assotsiatsiyasi prezidenti, Oltoy davlat universiteti prezidenti Sergey Zemlyakovning so‘zlariga ko‘ra, forum Rossiya universitetlari va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikning global masalalarini muhokama qilish imkonini beradi.
“Hozirgi vaqtda global bilimlar jamiyati va bilimlar iqtisodiyotini shakllantirish jarayoni davom etmoqda. Rossiya va Osiyo mamlakatlari ushbu global kelajakning asosiy masalalari bo‘yicha qarashlarga ega va hozirda ilg‘or jahon tajribasi asosida, qo‘shma loyihalar, transchegaraviy hamkorlikning yangi shakllari orqali xalqaro fan va ta’lim integratsiyasi jarayonlarini kuchaytirish zarur”, deydi u.
© Xalq ta’limi vazirligiO‘zbekiston–Rossiya 3-ta’lim forumi
O‘zbekiston–Rossiya 3-ta’lim forumi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2022
O‘zbekiston–Rossiya 3-ta’lim forumi
Eslatib o‘tamiz, forumda O‘zbekiston va Rossiya tomonidan 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar mas’ullari ishtirok etmoqda.
Ular orasida Rossiyaning "Gruppa GAZ" MChJ boshqaruv kompaniyasi, “Orgenergostroy” instituti AJ, “NANOEKOXIM” MChJ, "Orgenergostroy" AJ, “EKRA” ilmiy ishlab chiqarish korxonasi, "NTS FSK YeES" AJ va "Geotar-media" nashriyoti vakillari ham bor.
Forum yakunida 100 ga yaqin hamkorlik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda. Bitimlar asosan Rossiyada rivojlangan texnologik ishlab chiqarish sohalarining tajribasini O‘zbekiston oliygohlariga tatbiq etishga qaratilgan.
Forum 27-oktabrga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0