https://oz.sputniknews.uz/20221026/rossiyalik-eksportchi-ayollar-ozbekistonga-tashrif-buyuradi-29479575.html
Rossiyalik eksportchi ayollar O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Rossiyalik eksportchi ayollar O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, tadbir uchun ro‘yxatga olish noyabr oyining boshida boshlanadi. 26.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-26T17:47+0500
2022-10-26T17:47+0500
2023-04-05T18:41+0500
o‘zbekiston
biznes
toshkent
iqtisod
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/05/18162235_0:64:3073:1792_1920x0_80_0_0_4637527730ac7b3c9c285d36b88ba59a.jpg
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. 2023-yilning birinchi choragida Toshkentda yengil sanoat sohasida eksportchi ayollar uchun ishbilarmonlik missiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya eksport markazi bosh direktori Veronika Nikishina ma’lum qildi.U to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida ishchilarning qariyb 80 foizini ayollar tashkil etishini va ularning soni bundan keyin ham oshib borishini ta’kidladi.Ta’kidlanishicha, tadbir uchun ro‘yxatga olish noyabr oyining boshida boshlanadi.Qayd etish joizki, Rossiya O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlardan biridir.Kuni kecha Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi.Avvalroq Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Sputnik agentligiga bergan intervyusida O‘zbekiston va Rossiya ikki tomonlama hamkorligining hozirgi va istiqbolli yo‘nalishlari haqida so‘zlab bergani xabar qilingan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/05/18162235_110:0:2841:2048_1920x0_80_0_0_a24ddf404dac38ad67ce5f9332747e0e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, biznes, toshkent, iqtisod, rossiya
o‘zbekiston, biznes, toshkent, iqtisod, rossiya
Rossiyalik eksportchi ayollar O‘zbekistonga tashrif buyuradi
17:47 26.10.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Ta’kidlanishicha, tadbir uchun ro‘yxatga olish noyabr oyining boshida boshlanadi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. 2023-yilning birinchi choragida Toshkentda yengil sanoat sohasida eksportchi ayollar uchun ishbilarmonlik missiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya eksport markazi bosh direktori Veronika Nikishina ma’lum
qildi.
U to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida ishchilarning qariyb 80 foizini ayollar tashkil etishini va ularning soni bundan keyin ham oshib borishini ta’kidladi.
"Biz uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarini yanada yo‘lga qo‘yish maqsadidanafaqat rossiyalik tadbirkor ayollarning, balki o‘zbek tadbirkorlarining ham mahalliy tadbirkorlar bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirmoqchimiz. Ishbilarmonlik missiyasi davomida rossiyalik ishbilarmon ayollar mahalliy mato va aksessuarlar ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurishadi, ikki mamlakat tadbirkor ayollari o‘rtasidagi biznes-forumda ishtirok etishadi, shaxsiy va uzoq muddatli biznes aloqalarini o‘rnatadi”, - dedi Nikishina.
Ta’kidlanishicha, tadbir uchun ro‘yxatga olish noyabr oyining boshida boshlanadi.
Qayd etish joizki, Rossiya O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlardan biridir.
Kuni kecha Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning
23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi.
Avvalroq Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Sputnik agentligiga bergan intervyusida O‘zbekiston va Rossiya ikki tomonlama hamkorligining hozirgi va istiqbolli yo‘nalishlari haqida so‘zlab bergani
xabar qilingan edi.