Nukus muzeyining rus avangardi kolleksiyasi Parijda namoyish etiladi - foto

Obuna bo‘lish
Fransiyada ilk bor taqdim etiladigan eksponatlar haqida materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Parijdagi Arab dunyosi institutida 22-noyabr kuni XIX asr o‘rtalaridan XX asr boshlarigacha yaratilgan O‘zbekiston xalq amaliy san’atining noyob namunalari ko‘rgazmasi ochiladi.
Fransiyada ilk bor O‘zbekistonning 9 ta yirik muzeylaridan 300 dan ortiq eksponatlar xalqaro jamoatchilikka taqdim etiladi. Ular orasida Nukus shahridagi Saviskiy nomidagi davlat san’at muzeyidan to‘qimachilik, kiyim-kechak va poyafzal, bosh kiyimlar, zargarlik buyumlari kolleksiyalari, shuningdek, Turkiston va rus avangardining 24 ta rang tasvir asarlari joy olgan.
"Cho‘ldagi Luvr" deb ataluvchi Savitskiy muzeyi Igor Savitskiy tomonidan to‘plangan muzey kolleksiyasining asosiy qismi avangard ustalarining asarlaridan iborat.
Ajoyib va ​​kam o‘rganilgan rasmlar to‘plamiga Robert Falk, Lyubov Popova, Aleksandr Shevchenko, Aleksandr Osmerkin, Vasiliy Chekrigin, Kliment Redko, Nikolay Ulyanov, Alisa Poret kabi birinchi darajali yulduzlar va O‘zbekistonda 1920-1930 yillarda ijod qilgan Aleksandr Volkov, Aleksandr Nikolayev (Usto-Mo‘min), Mixail Kurzin, Viktor Ufimsev kabi rassomlarning qiziqarli asarlari kiradi.
Shuningdek, 24-noyabr kuni Parijdagi Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan navbatdagi "O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida" ko‘rgazmasi ochiladi.
Ko‘rgazmalar orasida islom olamining eng muhim qo‘lozmalaridan biri bo‘lgan VIII asrga oid "Katta Langar Qur’oni" ham taqdim etiladi.
"Katta Langar Qur’oni" Islom va musulmonlar uchun ulkan diniy ahamiyatga ega bo‘lib, butun insoniyatning madaniy va tarixiy merosini tashkil etuvchi qadriyatlardan biridir.
Yana bir noyob artefakt “Gulchambar taqqan” Budda haykali ham namoish etiladi.
Tashrif buyuruvchilar Buxoro amirligi davri tarixiga oid o‘n ikkita miniatura va Kofir-qal’a (Samarqand) manzilgohidan VI–VII asrlarga oid pannolarni tomosha qilishlari mumkin.
Umuman olganda, Luvrdagi ko‘rgazmada deyarli ikki ming yillik davrni qamrab olgan 169 ta eksponat namoyish etiladi.
© Fond razvitiya kulturi i iskusstva pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan
Nukusskaya kolleksiya russkogo avangarda  - Sputnik O‘zbekiston
1/8
© Fond razvitiya kulturi i iskusstva pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan
Nukusskaya kolleksiya russkogo avangarda  - Sputnik O‘zbekiston
2/8
© Fond razvitiya kulturi i iskusstva pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan
Nukusskaya kolleksiya russkogo avangarda  - Sputnik O‘zbekiston
3/8
© Fond razvitiya kulturi i iskusstva pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan
Nukusskaya kolleksiya russkogo avangarda  - Sputnik O‘zbekiston
4/8
© Fond razvitiya kulturi i iskusstva pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan
Nukusskaya kolleksiya russkogo avangarda  - Sputnik O‘zbekiston
5/8
© Fond razvitiya kulturi i iskusstva pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan
Nukusskaya kolleksiya russkogo avangarda  - Sputnik O‘zbekiston
6/8
© Fond razvitiya kulturi i iskusstva pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan
Nukusskaya kolleksiya russkogo avangarda  - Sputnik O‘zbekiston
7/8
© Fond razvitiya kulturi i iskusstva pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan
Nukusskaya kolleksiya russkogo avangarda  - Sputnik O‘zbekiston
8/8
Yangiliklar lentasi
0