Qoraqalpog‘istondagi mashg‘ulotlar davomida shartli terrorchilarning hujumi qaytarildi – foto

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston shimolida majmuaviy taktik o‘quvi va kuch tuzilmalari hamkorligidagi maxsus taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi mashg‘ulotlar harbiy bo‘linmalarning jipslikdagi harakatini oshirish, o‘zaro tajriba va malaka almashishga qaratilganini ma’lum qildi.
Majmuaviy taktik o‘quvda chegara qo‘shinlari bo‘linmalari jangovar navbatchilik vaqtida shartli terrorchilarning hujumini qaytardi.
Maxsus taktik o‘quvlarda esa shartli ravishda temir yo‘l transportida, ko‘p qavatli binoda garovga olinganlar ozod etildi, blokpostga qilingan hujum hamkorlikda qaytarildi.
Shuningdek, merganlar juftligi aholi yashash punktidagi shartli dushman yakson qildi.
Jangovar chiziqda joylashgan maxsus taktik o‘quvlar Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya bo‘yicha Qoraqalpog‘iston boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari bo‘linmalari hamkorligida o‘tkazildi.
O‘quvlarni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Mudofaa vazirligi rahbariyati, harbiy okruglar vakillari, hududdagi kuch tuzilmalari mansabdorlari kuzatib bordi.
1/9
2/9
3/9
4/9
5/9
6/9
7/9
8/9
9/9
Yangiliklar lentasi
0