https://oz.sputniknews.uz/20221026/ozbekistonda-kuygan-va-chuqur-yaralarni-davolovchi-implant-plyonka-ishlab-chiqarildi-29475216.html
O‘zbekistonda kuygan va chuqur yaralarni davolovchi implant plonka ishlab chiqarildi
O‘zbekistonda kuygan va chuqur yaralarni davolovchi implant plonka ishlab chiqarildi
Sputnik O‘zbekiston
Plonka tarkibidagi biologik faol modda eritma, gel shaklidagi dori vositasiga nisbatan foydali bo‘lib, u kuygan yaralar yuzasidan olib tashlanmaydi, vaqt o‘tishi... 26.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-26T15:55+0500
2022-10-26T15:55+0500
2022-10-26T15:55+0500
jamiyat
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
olimlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1104/53/11045360_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_d3d689477299a81a8d38b45a73e22104.jpg
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Polimerlar kimosi va fizikasi instituti “Nanoderm” - turli xil kuygan yara va chuqur yaralarni davolovchi bakteritsid xossali, bioeruvchan implant-plonkalar ishlab chiqardi. Bu haqida Fanlar akademiyasi xabar berdi.Aytilishicha, ilk bor nanotexnologiya prinsiplarini qo‘llagan holda kumush nanozarralari bioeruvchan, bioparchalanuvchan polimer plonkalarida shakllantirildi.Plonka kuygan yaralar yuzasidan olib tashlanmaydi, vaqt o‘tishi bilan so‘rilib ketadi, bu o‘z navbatida bakteriyalarga qarshi davolash samaradorligini oshiradi.“Nanoderm” plonkasi keng ta’sirga ega bo‘lib, mikroorganizmlarga qarshi faollik, kuygan to‘qimalarni regeneratsiyalovchi xossalarni namoyon etadi.Dori plonkasi yuqori sorbsion xossani namoyon etib, kuygan yaralar yuzasidagi hosil bo‘lgan yiringlarni o‘ziga shimib oladi. U mikroorganizmlarga nisbatan uzoq ta’sirlashish xossasiga ega.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1104/53/11045360_261:0:2992:2048_1920x0_80_0_0_8e2be6aa5ea2351f1d62086d0ffcaccf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston fanlar akademiyasi , olimlar
jamiyat, o‘zbekiston fanlar akademiyasi , olimlar
O‘zbekistonda kuygan va chuqur yaralarni davolovchi implant plonka ishlab chiqarildi
Plonka tarkibidagi biologik faol modda eritma, gel shaklidagi dori vositasiga nisbatan foydali bo‘lib, u kuygan yaralar yuzasidan olib tashlanmaydi, vaqt o‘tishi bilan so‘rilib ketadi – tafsilotlar.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Polimerlar kimosi va fizikasi instituti “Nanoderm” - turli xil kuygan yara va chuqur yaralarni davolovchi bakteritsid xossali, bioeruvchan implant-plonkalar ishlab chiqardi. Bu haqida Fanlar akademiyasi xabar
berdi. Aytilishicha, ilk bor nanotexnologiya prinsiplarini qo‘llagan holda kumush nanozarralari bioeruvchan, bioparchalanuvchan polimer plonkalarida shakllantirildi.
Plonka kuygan yaralar yuzasidan olib tashlanmaydi, vaqt o‘tishi bilan so‘rilib ketadi, bu o‘z navbatida bakteriyalarga qarshi davolash samaradorligini oshiradi.
“Mazkur plonka kuygan yaralarga qo‘llanilgan vaqt davomida bosqichma-bosqich ta’sirga ega. Plonka tarkibidagi biologik faol modda eritma, gel shaklidagi dori vositasiga nisbatan uzoqroq vaqt ta’sir etadi. Kuyganlik darajasiga qarab bir necha marotaba qo‘llash mumkin”, deyiladi xabarda.
“Nanoderm” plonkasi keng ta’sirga ega bo‘lib, mikroorganizmlarga qarshi faollik, kuygan to‘qimalarni regeneratsiyalovchi xossalarni namoyon etadi.
Dori plonkasi yuqori sorbsion xossani namoyon etib, kuygan yaralar yuzasidagi hosil bo‘lgan yiringlarni o‘ziga shimib oladi. U mikroorganizmlarga nisbatan uzoq ta’sirlashish xossasiga ega.