Milliy kutubxona 24/7 ishlash rejimiga o‘tadi

Uchebniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2022
Obuna bo‘lish
Hozir vazirlik va idoralar bilan jarayonni rasmiy yo‘lga qo‘yish ishlari davom etmoqda.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Toshkentda joylashgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 24/7 ishlash rejimiga o‘tadi. Bu haqida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi.
Alisher Sa’dullayevning yozishicha, jarayon boshlangan, AOKA va Milliy kutubxona hamma ishlarni amalga oshirishmoqda.
“Xodimlarning tungi ish vaqti, mehnat tartibi va maosh to‘lash masalasida ekan jarayon. Umid qilamizki, tez orada jarayonni yo‘lga qo‘yib yuborishadi”, deydi Alisher Sa’dullayev.
Ma’lumot uchun, hozirda Milliy kutubxona o‘z faoliyatini soat 8:00 dan 21:00 ga qadar olib boradi. Shanba va yakshanba kunlari esa 9:00 dan 17:00 ga qadar ishlaydi.
Yangiliklar lentasi
0