https://oz.sputniknews.uz/20221026/ozbekiston-hududida-milliy-koordinatalar-tizimi-joriy-etiladi-29465940.html
O‘zbekiston hududida Milliy koordinatalar tizimi joriy etiladi
O‘zbekiston hududida Milliy koordinatalar tizimi joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
2023-2026 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. 26.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-26T10:54+0500
2022-10-26T10:54+0500
2022-10-26T10:54+0500
jamiyat
kadastr
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/04/28790254_0:111:1201:787_1920x0_80_0_0_a17b53fc6caa11814379a2d7c4f5a951.png
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekiston hududida 2023-2025 yillarda Milliy koordinatalar tizimi joriy etiladi. Bu haqida AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov ma’lum qildi.Ne’mat Atamuratovning so‘zlariga ko‘ra, prezident qarori bilan 2023-2026 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.Unga ko‘ra, quyidagi prognoz ko‘rsatkichlar belgilandi:Karor bilan, shuningdek, fazoviy ma’lumotlar sohasida qabul qilinadigan standartlar ro‘yxati ham tasdiqlandi.shuningdek, geodeziya va kartografiya sohasida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash ishlari tashkil etiladi.Davlat koordinatalar tizimidan (SK-42) Butunjahon koordinatalar tizimiga (WGS-84) o‘tish parametrlarini ishlab chiqiladi. Qolaversa, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish geoportali yaratiladi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2023-yildan hokimlarning kadastr organlari ishiga aralashishi taqiqlanadi. 2023-yil 1-yanvardan Kadastr agentligining hududiy tuzilmalari faoliyatini tashkil etish bilan agentlik o‘zi shug‘ullanadi. Hududiy boshqarma va bo‘limlar faoliyatini moliyalashtirish respublika budjetidan amalga oshiriladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/04/28790254_142:172:1074:871_1920x0_80_0_0_9aa1bfcd4b0ca0de47aa4e9b9d8e82dd.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, kadastr, o‘zbekiston
jamiyat, kadastr, o‘zbekiston
O‘zbekiston hududida Milliy koordinatalar tizimi joriy etiladi
2023-2026 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekiston hududida 2023-2025 yillarda Milliy koordinatalar tizimi joriy etiladi. Bu haqida AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov ma’lum qildi.
Ne’mat Atamuratovning so‘zlariga ko‘ra, prezident qarori bilan 2023-2026 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, quyidagi prognoz ko‘rsatkichlar belgilandi:
25 mln 169 ming gektar yer uchastkalarini o‘lchash va ularning elektron xaritalarini yaratish;
8 mln 200 mingdan ortiq bino va inshootlarni o‘lchash va ularning elektron bazasini yaratish;
9 370 ta mahalla chegaralarini belgilash;
111 ta tumandagi yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish;
1 665 ta ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash.
Karor bilan, shuningdek, fazoviy ma’lumotlar sohasida qabul qilinadigan standartlar ro‘yxati ham tasdiqlandi.
shuningdek, geodeziya va kartografiya sohasida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash ishlari tashkil etiladi.
Davlat koordinatalar tizimidan (SK-42) Butunjahon koordinatalar tizimiga (WGS-84) o‘tish parametrlarini ishlab chiqiladi.
Qolaversa, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish geoportali yaratiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2023-yildan hokimlarning kadastr organlari ishiga aralashishi taqiqlanadi. 2023-yil 1-yanvardan Kadastr agentligining hududiy tuzilmalari faoliyatini tashkil etish bilan agentlik o‘zi shug‘ullanadi. Hududiy boshqarma va bo‘limlar faoliyatini moliyalashtirish respublika budjetidan amalga
oshiriladi.