https://oz.sputniknews.uz/20221026/dodon-moldovadagi-vaziyatni-ukrainadagi-songgi-voqealar-bilan-solishtirdi-29476628.html
Dodon Moldovadagi vaziyatni Ukrainadagi so‘nggi voqealar bilan solishtirdi
Dodon Moldovadagi vaziyatni Ukrainadagi so‘nggi voqealar bilan solishtirdi
Sputnik O‘zbekiston
Hozir Rossiyaga qarshi ritorika Plaxotnyuk davridagidan ham battarroq, deydi Dodon. 26.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-26T16:21+0500
2022-10-26T16:21+0500
2023-04-05T18:41+0500
dunyoda
moldova
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24763190_0:0:3127:1759_1920x0_80_0_0_0433619a0318e8b0db0548cdb6306080.jpg
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Moldovada prezident Mayya Sandu davridagi Rossiyaga qarshi ritorika mamlakatni norasmiy ravishda boshqargan oligarx Vladimir Plaxotnyuk paytidagidan ham yomonroq. Bu haqda respublikaning sobiq rahbari IgorDodon RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda G‘arb kuratorlari – amerikaliklar va yevropaliklar rus tilidagi kontentga “aqldan ozadigan sarmoya” kiritmoqda, Moldovada AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan rus tilida yuzlab dasturlar ishga tushirilgan.Plaxotnyuk - sobiq deputat va Moldovaning eng boy tadbirkorlaridan biri. 2017-yilning noyabrida Moskvaning Basmanniy sudi Plaxotnyukni sirtdan hibsga oldi va uni qotillikka urinish aybi bilan xalqaro qidiruvga berdi. 2020-yil aprel oyida Rossiya Ichki ishlar vazirligi moldovalik siyosatchi Renato Usatiyni oligarx Vladimir Plaxotnyuk bilan birgalikda Rossiyadan 500 milliard rubl olib chiqib ketish ishi bo‘yicha sirtdan aybladi. O‘z vatanida Plaxotnyuk pul “yuvish”, firibgarlik va noqonuniy boyish, shuningdek, mamlakat bank tizimidan milliard dollarni olib qo‘yishda ayblanmoqda, oligarx 2019-yil iyun oyida Moldovani noqonuniy ravishda tark etgan. Kishinyov sudi bir necha bor Plaxotnyukni sirtdan hibsga olish uchun order chiqargan, Moldova prokuraturasi uning vataniga ekstraditsiya qilinishini talab qilmoqda.2010 yildan 2019-yilgacha Plaxotnyuk hukmron tuzilmalar tarkibiga kirgan Moldova Demokratik partiyasini boshqargan.
moldova
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24763190_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_c13880acab7aede3606a3597092d4fdb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, moldova, ukraina, rossiya
dunyoda, moldova, ukraina, rossiya
Dodon Moldovadagi vaziyatni Ukrainadagi so‘nggi voqealar bilan solishtirdi
16:21 26.10.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Hozir Rossiyaga qarshi ritorika Plaxotnyuk davridagidan ham battarroq, deydi Dodon.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Moldovada prezident Mayya Sandu davridagi Rossiyaga qarshi ritorika mamlakatni norasmiy ravishda boshqargan oligarx Vladimir Plaxotnyuk paytidagidan ham yomonroq. Bu haqda respublikaning sobiq rahbari IgorDodon RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum
qildi.
“Hozir Rossiyaga qarshi ritorika Plaxotnyuk davridagidan ham battarroq, prezident faoliyati bloklangan paytdagidan ham battarroq. Mayya Sandu rejimi hozir ancha yomonroq. Moldova ichki media bozorida nima bo‘layotganini ham bilasiz - barcha Rus tilidagi ommaviy axborot vositalari butunlay senzura ostida”, - dedi Dodon.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda G‘arb kuratorlari – amerikaliklar va yevropaliklar rus tilidagi kontentga “aqldan ozadigan sarmoya” kiritmoqda, Moldovada AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan rus tilida yuzlab dasturlar ishga tushirilgan.
“Yana Ukrainada sodir bo‘lgan voqea bilan bir xil, ya’ni Moldovaning rusiyzabon aholisining mentalitetini o‘zgartirishga urinish. Bu jamoatchilik fikrini o‘zgartirishga urinishdir”, - deya qo‘shimcha qildi Dodon.
Plaxotnyuk - sobiq deputat va Moldovaning eng boy tadbirkorlaridan biri. 2017-yilning noyabrida Moskvaning Basmanniy sudi Plaxotnyukni sirtdan hibsga oldi va uni qotillikka urinish aybi bilan xalqaro qidiruvga berdi. 2020-yil aprel oyida Rossiya Ichki ishlar vazirligi moldovalik siyosatchi Renato Usatiyni oligarx Vladimir Plaxotnyuk bilan birgalikda Rossiyadan 500 milliard rubl olib chiqib ketish ishi bo‘yicha sirtdan aybladi. O‘z vatanida Plaxotnyuk pul “yuvish”, firibgarlik va noqonuniy boyish, shuningdek, mamlakat bank tizimidan milliard dollarni olib qo‘yishda ayblanmoqda, oligarx 2019-yil iyun oyida Moldovani noqonuniy ravishda tark etgan. Kishinyov sudi bir necha bor Plaxotnyukni sirtdan hibsga olish uchun order chiqargan, Moldova prokuraturasi uning vataniga ekstraditsiya qilinishini talab qilmoqda.
2010 yildan 2019-yilgacha Plaxotnyuk hukmron tuzilmalar tarkibiga kirgan Moldova Demokratik partiyasini boshqargan.