Bojxonada ayrim jarayonlar raqamlashtirildi

© Bojxona qo‘mitasi Bojxona organlarida yuk operatsiyalarida amalga oshiriladigan jarayonlar raqamlashtirildi
Bojxona organlarida yuk operatsiyalarida amalga oshiriladigan jarayonlar raqamlashtirildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2022
Obuna bo‘lish
Hozirda mas’ul xodimlar raqamlashtirish bo‘yicha axborot tizimda ishlash bo‘yicha joylarda o‘quv seminarlari olib borishmoqda.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Bojxona organlarida yuk operatsiyalarida amalga oshiriladigan jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha axborot tizim ishlab chiqildi. Bu haqida Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “bojxona-bojxona ombori-tadbirkor” zanjiri asosida “Bojxona va yuk operatsiyalari” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqildi.
Ushbu tizim bojxona va yuk operatsiyalarini raqamli transformatsiya qilish orqali inson omilini keskin qisqartirish maqsadida yo‘lga qo‘yiladi.
Hozirda mas’ul xodimlar ushbu tizimda ishlash bo‘yicha joylarda o‘quv seminarlari olib borishmoqda.
“Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga ushbu tizimdan foydalanish tartiblari tushuntirilmoqda. Navbatdagi mashg‘ulotlar Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tasarrufidagi “Toshkent-tovar”, “Chuqursoy” va "Sergeli" TIF bojxona postlariga biriktirilgan bojxona omborlarida o‘tkazildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, prezidentining PF-122-sonli farmonida bojxona omborlarida yuk operatsiyalarida amalga oshiriladigan jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha axborot tizimini yaratish topshirig‘i berilgan.
Eslatib o‘tamiz, endilikda bojxona ombori faoliyatini, erkin ombor faoliyatini, boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash jarayoni onlayn tartibda "Litsenziya" avtomatlashtirilgan tizim orqali amalga oshiriladi. Litsenziya berish rad etilganda arizani qayta ko‘rib chiqish muddati 10 kundan 5 kunga qisqarmoqda.
Endi bojxona nazorati zonasiga javobgar shaxs, bojxona ombori egasi yoki uning ishonchli vakili bojxona xizmati ruxsati bilan bojxona plombalari va markirovkalarini yechish huquqiga ega.
30 BHMgacha bo‘lgan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini deklaratsiya qilish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Muqaddam soddalashtirilgan tartib 10 BHMgacha bo‘lgan jo‘natmalarga nisbatan qo‘llangan.
Yangiliklar lentasi
0