Zaxarova Zelenskiyni Usama ben Laden bilan taqqosladi

© AP Photo / Andrew KravchenkoVladimir Zelenskiy
Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Obuna bo‘lish
Zaxarovaning eslatishicha, 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlar ungacha AQShga yaqin bo‘lgan “Al-Qoida”* jangarilari tomonidan amalga oshirilgan.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Vladimir Zelenskiy “ikkinchi raqamli bin Laden”, chunki Rossiyada taqiqlangan “Al-Qoida”* terrorchilik tashkiloti rahbari ham AQShning “o‘z yigiti” bo‘lgan, keyin esa terakt sodir etgan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Kiyevning “iflos bomba” yaratish rejalari haqidagi ma’lumotni izohlab, ta’kidladi.
Uning eslatishicha, 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlar ungacha AQShga yaqin bo‘lgan “Al-Qoida”* jangarilari tomonidan amalga oshirilgan.
“Buni kim qildi? Balki o‘zga sayyoraliklardir? Balki bular AQShning azaliy dushmanlaridir? Yo‘q, ular bu minoralar paydo bo‘lgandagina dushman bo‘ldi. Bungacha “ularning yigitlari”, “ularning do‘stlari” edi. Bu odamlar, agar shunday deyish mumkin bo‘lsa, ularning pullari evaziga yashagan, ishlagan. Amerika qurollari bilan boshqalarni o‘ldirgan. Aynan shu narsa hozir Zelenskiy bilan sodir bo‘lmoqda. Men bu so‘zdan qo‘rqmayman. Uni xohlaganingizdek chaqiring. Jahon hamjamiyati uchun Zelenskiy shunchaki ikkinchi raqamli “bin Laden”. Faqat yevropalik shaklida”, dedi Zaxarova.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev rejimi Rossiyani ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llaganlikda ayblash uchun kam quvvatli yadroviy qurolni portlatmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0