Prezident bir qator ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 3-maya posetil Situatsionno-analiticheskiy sentr MVD.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-maya posetil Situatsionno-analiticheskiy sentr MVD. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini mukofotlash to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 20 nafar organ xodimi mukofotlandi.
Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini mukofotlash to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, bir guruh vakillar "Mardlik", "Do‘stlik" ordenlari, “Jasorat", "Sodiq xizmatlari uchun" va"Shuhrat" medallari bilan mukofotlandi.

Mukofot mamlakat ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, xalq osoyishtaligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun berilmoqda.
Shuningdek, mukofot egalarining jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati ham hisobga olingan.
Yangiliklar lentasi
0